TOShKENT, 31 dek – Sputnik. AQShning qator siyosatchilari tomonidan saylov jarayoni davomida "rossiya xaritasi"ning ishlatilishi Vashington va Moskva o‘rtasidagi ikkiyoqlama munosabatlarning normal rivojlanishida ko‘plab imkoniyatlarni bloklamoqda, deb hisoblaydi RF TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova.
RF TIV rahbari Sergey Lavrov 10-dekabr kuni AQShga tashrifni amalga oshirdi va bu tashrif davomida davlat kotibi Mayk Pompeo bilan muzokaralar o‘tkazdi hamda prezident Donald Tramp bilan uchrashdi. Tomonlar Suriya, Ukraina, Liviya, Afg‘oniston va Venesuela masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, strategik barqarorlik, SNV-3 va KXDR atrofidagi vaziyat ko‘rib chiqildi.
"O‘z taassurotlarimga izoh berish meni vakolatlarimga kirmaydi. Ammo amerika tomoni yondashuvi prinsiplari haqida gapiradigan bo‘lsak, ular deylik, iqtisodiy, siyosiy va qator boshqa sohalardagi munosabatlardan qanday bonuslar olishlari mumkinligini axshi anglaydilar. Lekin shu bilan birga, hozirda, gap asosan boy berilgan imkoniyatlar haqida bormoqda", - dedi Zaxarova "AQSh prezidenti Donald Tramp va uning atrofidagilar haqiqatan ham RF bilan munosabatlarni yaxshilashga bel bog‘laganlarmi, nima deb o‘ylaysiz?", degan savolga javob berar ekan.
RF TIV rasmiy vakilining ta’kidlashicha, AQSh prezidenti, birinchi galda biznesmen ekanligini, u hamma narsani raqam va iqtisodiy ko‘rsatkichlarga o‘girishini inobatga olish lozim. Mana shu nuqtayi nazardan, amerika tomoni Rossiya bilan rivojlanmagan munosabatlardagi boy berilgan imkoniyatlarni yaxshi anglaydi, deb qo‘shimcha qildi u.
"Amerikaliklar, pragmatik odamlardir, ular munosabatlar rivojidan nimaga ega bo‘lishliklarini yaxshi tushunadilar", - dedi Zaxarova.
Shu bilan birga, diplomatning aytishicha, boshqa reallik mavjud - bu AQShdagi saylov jarayoni kechayotgan siyosiy muhit.
"Bir qator siyosiy arboblar "rossiya xaritasidan" o‘zlarining siyosiy kampaniyalarining bir qismi sifatida foydalanadilar. Ushbu yondashuv bir necha yil oldin tanlangan va bugungi kunda qator nomzodlar kampaniyalari doirasida qo‘llanilib kelinadi. Bu esa ikkiyoqlama munosabatlarning normal rivojlanishiga doir ko‘plab imkoniyatlarni bloklamoqda. Bugun holat shunday", - deya tushuntirdi Zaxarova.
RF TIV rahbari Sergey Lavrov Birinchi kanaldagi "Katta o‘yin" dasturida ta’kidlaganidek, AQShga tashrifi davomida uning mamlakat prezidenti bilan uchrashuvi Amerika-Rossiya munosabatlarining prinsipial lahzasi hisoblanadi. Bunday an’ana barcha davlatlarda ham qo‘llab-quvvatlanmaydi, biroq Moskva va Vashington unga amal qiladilar.