Sergey Lavrov: Rossiya AQShning tajovuzkor hujumlariga javob qaytaradi

Obuna bo‘lish
Yangi yil arafasida, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida kelgusi yilda tashqi siyosatdan nimalarni kutayotgani haqida gapirdi

Yangi yil arafasida, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida kelgusi yilda tashqi siyosatdan nimalarni kutayotgani, xalqaro vaziyatning rivojlanishi nimaga bog‘liq bo‘lishi va Moskva "Katta sakkizlik" formatiga qaytishi ehtimollari haqida gapirdi. U, shuningdek, ikki yirik yadroviy davlatning yadroviy raketa potensialini cheklovchi oxirgi vosita bo‘lib turgan Hujum qurollari sonini qisqartirish to‘g‘risidagi Shartnoma(SNV)ni uzaytirishning yakuniy muddatlari mavjud-mavjud emasligi, "Shimoliy oqim-2" gaz quvuri qurilishi qurilishi borasidagi qarashlari va AQShning ushbu loyihaga qarshi sanksiyalari haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Rossiya kelgusi yilda "Katta sakkizlik"ga qaytishi mumkinmi? Ushbu masala Donald Tramp bilan yaqinda bo‘lib o‘tgan uchrashuvingizda muhokama qilinganmi? U prezident Putinga AQShda bo‘lib o‘tadigan sammitga taklifnoma berganmidi? Kelgusi yil tashqi siyosatdan, shu jumladan, AQSh yo‘nalishida, nimalarni kutmoqdasiz?

- Keling, atamalarni to‘g‘ri ishlataylik. "Sakkizlik guruhi"dan Rossiya chiqqan emas. Eslatib o‘taman, 2014-yil boshida Ukrainadagi davlat to‘ntarishidan so‘ng guruhning qolgan yetti a’zosi Rossiya raisligidagi tadbirlarda qatnashishdan bosh tortishdi. Boshqacha qilib aytganda, ushbu formatni aynan "yettilik" tark etgan edi. Prezident Putin ta’kidlaganidek, "agar sheriklarimiz biznikiga kelishni istasalar, biz xursand bo‘lamiz". Ularni Moskva, Sankt-Peterburg, Sochi yoki, masalan, Yaltada qabul qilishimiz mumkinligini qo‘shimcha qilmoqchiman.

Vizit ministra glavi MID RF S. Lavrova v SShA - Sputnik O‘zbekiston
Lavrov AQShning “Shimoliy oqim-2”ga qarshi sanksiyalariga javob qaytarishga va’da berdi

Umuman olganda, Rossiyada ushbu formatni qayta tiklash uchun na qiziqish, va na xohish bor. Bu masala AQShga tashrifim davomida muhokama qilinmadi va hozirda Rossiya-Amerika kun tartibidan o‘rin olgan emas. Hali sovuq urush davrida barpo etilgan "yettilik guruhi" endilikda zamonaviy voqelikka javob bermayapti - eng avvalo, yangi dunyo markazlari uning faoliyatida ishtirok etmayotgani uchun. Ularning hissasisiz, hozirgi zamonning ko‘plab chaqiriq va tahdidlariga qarshi samarali kurashish mumkin emas.

Bugungi kunda nafaqat global iqtisodiyot, balki siyosatdagi ko‘plab muhim masalalarning muhokamasi aynan G20 doirasida muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani bejiz emas. G20dan tashqari, Rossiya yangi turdagi birlashmalarning ishlarida ham faol ishtirok etmoqda, masalan, BRIKS va ShHT, bunda qarorlar majburiy yuklanmaydi, aksincha, muvozanatli kelishuv asosida qabul qilinadi. Ushbu ko‘p tomonlama tuzilmalar allaqachon dunyo tartibining shakllanayotgan yanada adolatli va demokratik ko‘p qirrali arxitekturasining muhim ustunlariga aylandi.

Kelgusi yilga prognoz qilish oson emas. Ko‘p narsa g‘arblik sheriklar, birinchi navbatda Vashingtonning shantajning nopok usullari, bosim, bir tomonlama sanksiyalar usullaridan voz kechishga, xalqaro huquq normalariga rioya qilishni boshlashga va umuman bizning zamonamizning ko‘plab tugunlarini samarali ravishda yechib berish uchun o‘zaro hurmatli muloqot yo‘lidan borishiga bog‘liq. Rossiya ham o‘z navbatida dunyo ishlarida birlashtiruvchi tamoyillarni mustahkamlashga, global va mintaqaviy xavfsizlikni barcha jihatlarida saqlashga, Suriya yoki qo‘shni Ukrainadagi bo‘lsin, ko‘plab inqiroz va mojarolarni barqaror siyosiy va diplomatik yechishda o‘z hissasini qo‘shishda davom etadi. Shu maqsadda biz BMT va G20 kabi global boshqaruv tuzilmalaridagi a’zoligimiz imkoniyatlaridan, shuningdek, BRIKS va ShHTga raisligimiz imkoniyatlaridan foydalanamiz.

Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Yaponiyu dlya uchastiya v sammite Gruppi dvadsati - Sputnik O‘zbekiston
G20 sammiti boshlanishidan oldin Tramp va Putin qisqacha suhbatlashdi

Biz Rossiya-Amerika muloqoti istiqbollariga, ayniqsa AQShdagi jiddiy ichki siyosiy vaziyat va bo‘lajak prezident saylovlari fonida real yondoshapmiz. Vashingtonning ohirgi paytlardagi nodo‘stona munosabatlari buning yaqqol dalilidir. O‘z navbatida, biz o‘z xavfsizligimizni, Rossiya fuqarolari va biznes manfaatlarini ta’minlash va tajovuzkor hujumlarga munosib javob berish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishda davom etamiz. Sh o‘rinda, biz o‘zimiz to‘qnashuvga intilmayapmiz. Biz mamlakatlarimiz va butun dunyo uchun muhim muammolarni birgalikda hal qilishga tayyormiz.

Turli sohalarda hamkorlikni o‘rnatish bo‘yicha bizning takliflarimiz o‘z kuchini yo‘qotmagan. Ularning aksariyati yaqin kelajakda amalga oshirilishi mumkin - masalan, prezidentlar kelishganidek, Biznes bo‘yicha maslahat va Ekspertlar kengashlari faoliyatini yuritish. Boshqa takliflarimiz qatorida mamlakatlarning bir-birining ichki ishlariga aralashmaslik kafolati xatlari bilan almashish, AQShni ancha havotirga solyatgan kiberxavfsizlik masalasi bo‘yicha muloqotni boshlanishi, yadroviy urushga yo‘l qo‘yib bo‘lmaslik to‘g‘risida qo‘shma bayonot, SNV-2 shartnomasini uzaytirish, RSMD vositalarini joylashtirishga moratoriy va boshqa strategik barqarorlikni kuchaytirish yo‘lidagi takliflar. Albatta, biz Vashingtonning kayfiyatini faqat xatti-harakatlar bilan baholaymiz.

- SNV-3ni uzaytirishning yakuniy muddatlari bormi? Agar uni uzaytirish imkoni bo‘lmasa, Rossiya qo‘shimcha strategik qurollarni ishlab chiqish va joylashtirishni darhol boshlaydimi yoki RSMD shartnomasi qulaganidan keyin kiritilgan moratoriyga o‘xshaydigani ko‘rib chiqilyaptimi?

- SNV shartnomasi istiqbollariga Rossiyaning munosabati Rossiya Prezidenti tomonidan aniq bayon etildi. Biz uning muddatlarini hech qanday shartlarsiz uzaytirilishi tarafdorimiz. Muddatlarga kelsak, Vladimir Putin, Rossiya kelishuvni "imkon qadar tezroq, shu yil oxirigacha" uzaytirishga tayyorligini aytdi.

Ispitanie novoy ballisticheskoy raketi Sarmat - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya AQShga “Sarmat” raketa tizimini ko‘rsatishga tayyor - Lavrov

Uzaytirish uchun hech qanday yakuniy muddat o‘rnatilmagan, ammo uzaytirish jarayonini 2021-yil 5-fevralda shartnoma muddati tugashidan oldin bajarish kerak. Bu nafaqat amerikaliklar bilan kelishuvga erishishni, balki Federal Majlisda ma’lum protseduralarni amalga oshirishni ham o‘z ichiga oladi, chunki bu, SNV shartnomasini ratifikatsiya qilish to‘g‘risida 2011-yil 28-yanvardagi 1-sonli Federal qonuniga o‘zgartirish kiritish masalasini ham nazarda tutadi. Shunday qilib, ko‘p ham vaqt qolmadi.

Rossiya ikki eng yirik yadroviy davlatning yadroviy raketa potensialini o‘zaro cheklash va ushbu sohada bashorat qilinadigan va tekshirilishi mumkin bo‘lgan so‘nggi xalqaro huquqiy hujjat bo‘lib qoladigan shartnoma rejimini saqlashni o‘rinli deb biladi. Bundan tashqari, muddatlarni uzaytirilishi, yangi qurol va harbiy texnologiyalar ustidan nazoratning mumkin bo‘lgan shakllari va usullariga bo‘lgan yondashuvlarni ko‘rib chiqish uchun vaqtdan yutish imkonini bergan bo‘lar edi.

AQSh SNV shartnomasini uzaytirish bo‘yicha o‘z pozitsiyasini hali aniqlashtirgani yo‘q. Shunga qaramay, boshqa har qanday ssenariy haqida gapirish vaqti hali kelmadi, deb o‘ylayman.

- Yil oxiri "Shimoliy oqim-2" loyihasi muxoliflarining navbatdagi faollashuvi bilan nishonlandi. Uni to‘xtatilishi xavfi bormi? G‘arb sheriklarining beqaror pozitsiyasi sababli, Rossiya o‘z diversifikatsiyasini - uglevodorod eksportini tubdan boshqa yo‘nalishlarga qaratish payti keldi deb o‘ylamaysizmi? Xitoy Yevropa o‘rniga eng istiqbolli alternativa deb ko‘rib chiqilmayaptimi?

- "NordStream-2" gaz quvuri qurilishi yakunlanmoqda, shuning uchun uning raqiblari loyihani to‘xtatishga qaratilgan harakatlarni kuchaytirmoqdalar. AQShning 2020-yilda mudofaa xarajatlari to‘g‘risidagi qonuniga sanksiyalarning kiritilishi - Yevropaning biznes ishlariga aralashishga takabburona harakati. Ba’zi AQSh senatorlari qurilishda ishtirok etayotgan kompaniyalar rahbariyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdidlar bilan murojaat qilishdi. Albatta, bu "NordStream-2" kuchaytiradigan Yevropaning energiya xavfsizligi xaqida kuyinishlar emas, balki Amerika SPG-sining Yevropa bozoriga olib kirilishi. Bu adolatsiz raqobat va energetika sohasini siyosiylashtirilishining yorqin namunasidir.

Biz davom etayotgan bosimga qaramay, "NordStream-2" gaz quvuri qurib bitkazilishiga ishonchimiz komil. Yevropa qo‘shimcha eksport yo‘lini yaratishning afzalliklaridan xabardor, ammo, afsuski, okean orti kuratorlari uchun o‘zlarining energiya xavfsizligi va fuqarolarining farovonligiga zarar yetkazgan holda ishlashga tayyor davlatlar ham mavjud.

Yevropa gaz bozori biz uchun asosiy bozor bo‘lib qolmoqda - yillik eksport hajmi qariyb 200 milliard kubometrni tashkil etadi. Shu bilan birga, biz uglevodorod resurslariga talab o‘sishda davom etayotgan Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari bilan energetika sohasidagi hamkorlikni muvaffaqiyatli rivojlantirmoqdamiz. Dekabr oyi boshida Xitoyning kelgusida yiliga 38 milliard kubometrgacha tabiiy gaz bilan ta’minlaydigan Power of Siberia gaz quvuri ishga tushirildi. Xorijiy sheriklar bilan birgalikda Arktika resurs bazasi, shu jumladan “Yamal SPG” va “Arktik SPG 2” loyihalari doirasida rivojlanmoqda. Rossiya energiya tashuvchilarini Osiyo-Tinch okeani mamlakatlariga eksportini ta’minlash uchun biz Shimoliy dengiz yo‘lining transport logistikasini rivojlantirmoqdamiz.

Rossiya uglevodorod yetkazib berishning eksport yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish bo‘yicha ishlarni davom ettiradi.

Yangiliklar lentasi
0