AQSh jahon siyosiy stoliga "oyoqlarini chiqarib oldi" - Zaxarova bayonoti

© Sputnik / Yevgeniy BiyatovOfitsialniy predstavitel MID RF Mariya Zaxarova
Ofitsialniy predstavitel MID RF Mariya Zaxarova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh ma’muriyati, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning Vashingtonga rasmiy tashrifi yakunlangach, matbuotda protokol normalariga tamomila zid bo‘lgan fotosuratni e’lon qildi. Unda Tramp o‘tirgan, Lavrov esa uning yonida tik turgan holatda aks etgan

TOShKENT, 31 dek - Sputnik. Vashington o‘z tashqi siyosatida "yovvoyi G‘arb" davri protokol normalariga qaytdi va jahon siyosati stoliga "oyog‘ini chiqarib oldi", deb ta’kidladi RIA Novostiga bergan intervyusida Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova.

Lavrov: Rossiya otvetit na amerikanskie sanksii protiv Severnogo potoka – 2  - Sputnik O‘zbekiston
Sergey Lavrov: Rossiya AQShning tajovuzkor hujumlariga javob qaytaradi

"Bu yerda, amerikadagi reallikni tushunishimiz kerak, nazarimda. Davlat departamentida ham, Oq uyda ham bu reallik belgilangan protokol odobidan mosuvo. Meni nazarimda, hozirda ko‘plab narsalar o‘rta maktablarda juda ko‘p o‘qiganimiz - "Yovvoyi G‘arb" davriga qaytdi. Bugun biz shuni shoxidi bo‘lyapmizki: qoida, an’ana, rasmiyatchilik ustuvor bo‘lgan an’anaviy soha AQShda tamomila ikkinchi planga o‘tgan", - dedi Zaxarova RF TIV rahbari Sergey Lavrovning Vashingtonga tashrifi yakunidan so‘ng AQSh ma’muriyati tomonidan ommaga e’lon qilingan fotosuratga izoh berish iltimosiga javoban.

Suratda AQSh prezidenti Donald Tramp Oval kabinetda stol ortida o‘tiribdi, Lavrov esa uning yonida turibdi. Uchrashuv ishtirokchilarining bunday joylashuvi rasmiy kadrlarda aks etishi protokol amaliyotiga xos emas.

Zaxarova bergan bahoga ko‘ra, joriy real holatlarda AQShda hammasi "yangicha, soddalashtirilgan" holatda amalga oshirilmoqda. Trampning OAV bilan muloqotida ham shunday yondashuv o‘z aksini topgan: bunda intervyular, jurnalistlarga birdek munosabat an’analari, tadbirlarga tanlamay aytish o‘rnini tvitlar egallagan.

Zdanie MID Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Sergey Lavrov O‘zbekistonga keladi - TIV

Jahon iqtisodiyotida ham shunga o‘xshash holat kuzatilmoqda. Agar AQSh ilgari birinchilik va raqobatning ustunligi haqida gapirishgan bo‘lsa, hozirda ular proteksionizm (biror davlatning o‘z milliy iqtisodini chet el raqobatidan himoya qilishga qaratilgan iqdisodiy siyosati), sanksiyalar va iqtisodiy hayotga siyosiy aralashuv bilan shug‘ullanishmoqda, deya eslatib o‘tdi Zaxarova.

Umuman olganda, diplomatning fikriga ko‘ra, bugungi kunda AQShda: yoqayaptimi - marhamat, yoqmasa - xayr, biz shundaymiz, qabilidagi bir munosabat shakllanib qolgan.

"Hammasi qulaylik tamoyilidan kelib chiqqan. Nega men kovboylar davri bilan solishtirayapman? Chunki o‘sha vaqtda oyolarni stolga chiqarish ham qulay ham funksional bo‘lgan. Xuddi shunday bugun ham jahon stoliga oyoqlarini chiqarib olgan AQSh bilan yashab kelmoqdamiz", - deya xulosa qildi Mariya Zaxarova.

Yangiliklar lentasi
0