O‘zbekiston prezidenti yoshlarga murojaat qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev 14-avgusta provel videoselektornoe soveshanie po investitsiyam
Shavkat Mirziyoyev 14-avgusta provel videoselektornoe soveshanie po investitsiyam - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston rahbari yoshlarga globallashuv sharoitidagi xavf-xatarlar va mafkuraviy xurujlarga qanday qarshi turish mumkinligi haqida maslahat bergan.

TOShKENT, 28 dek - Sputnik. 2020 yil yoshlarga oid davlat siyosatida tub burilish yili bo‘ladi, deya ta’kidlagan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan uchrashuvi chog‘ida.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na videoselektornom soveshanii po voprosam usileniya vnimaniya k molodeji - Sputnik O‘zbekiston
Yoshlar va xotin-qizlar manfaatlari: Mirziyoyev besh tashabbus bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Prezident o‘z chiqishida regionlarda 8 nafar yosh avlod vakillari hokim o‘rinbosari etib tayinlanganini eslatib o‘tgan. Shuningdek, yaqinda bo‘lib o‘tgan saylovlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga 9 nafar yigit-qiz saylangan, mahalliy kengashlarda g‘alaba qozonganlarning qariyb 10 %ini yoshlar tashkil etadi.

"Yoshlar orasida "Men Sizning yoningizda turib, kamarbasta bo‘laman!", deb ko‘zi yonib turgan, bilimli, jasoratli yigit-qizlar borligiga ishonaman. Yetakchilikning, o‘z ortidan ergashtirishning eng to‘g‘ri yo‘li shaxsiy o‘rnak va namuna bo‘lishdir. Yangi O‘zbekistonni, albatta, yoshlar bilan birga quramiz. 2020-yil yoshlarga oid davlat siyosatida tub burilish yili bo‘ladi, – deya ta’kidlagan Mirziyoyev.

Shuningdek, O‘zbekiston rahbari yoshlarga globallashuv sharoitidagi xavf-xatarlar va mafkuraviy xurujlarga qanday qarshi turish mumkinligi haqida maslahat bergan. Prezident o‘zbek zamonaviy adabiyotini asoschilaridan biri - ma’rifatpar Abdurauf Fitratning "Bu dunyo kurash maydonidir. Sog‘lom tan, o‘tkir aql va yaxshi axloq bu maydon qurolidir", degan so‘zlarini yodga olgan.

V gorode Karshi proxodit Mejdunarodnaya nauchno-prakticheskaya konferensiya, posvashennaya jizni i tvorchestvu velikogo mislitelya  Abu-l-Muina Nasafi - Sputnik O‘zbekiston
Sof islom aqidasi: Qarshida Abu-l-Muin Nasafiy ijodiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman boshlandi

Uchrashuvda yoshlar hayotidagi muammolar, dolzarb vazifalar muhokama qilingan. O‘zbekistonda yosh rahbarlarni saralaydigan, ularning layoqatiga mos lavozimlarni taklif etadigan samarali mexanizm mavjud emasligi aytib o‘tilgan.

Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik, oilaviy ajrimlarning oldini olish bo‘yicha tegishli tashkilotlar rahbarlariga ko‘rsatmalar berilgan.

Yoshlar ittifoqi negizida Yoshlar ishlari agentligi tashkil etish tashabbusi yig‘ilganlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.

O‘sib kelayotgan avlod auditoriyasiga yo‘naltirilgan tele- va radiokanallar, bosma nashrlarni birlashtirib, "Yoshlar media xoldingi" tashkil etish taklifi ham bildirilgan.

Yangiliklar lentasi
0