Yoshlar va xotin-qizlar manfaatlari: Mirziyoyev besh tashabbus bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na videoselektornom soveshanii po voprosam usileniya vnimaniya k molodeji
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na videoselektornom soveshanii po voprosam usileniya vnimaniya k molodeji - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aholining kompyuter savodxonligini oshirish, axborot texnologiyalariga qiziqqan bolalarni to‘g‘ri yo‘naltirib, ularni malakali mutaxassis darajasiga olib chiqish, dasturiy mahsulotlar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

TOShKENT, 3 apr – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-aprel kuni yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan 5 ta tashabbusni amaliyotga joriy etish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Vizit Shavkata Mirziyoyeva v OAE - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev O‘zbekiston-BAA kelishuvlarini amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi

Yig‘ilishda mazkur dasturlarga kiritilgan takliflar, ularni amalga oshirish mexanizmlari muhokama qilindi.

Xususan, birinchi tashabbus bo‘yicha yoshlarni madaniyat va san’at muassasalariga keng jalb etishga oid dastur loyihasi tayyorlangan. Unga muvofiq, 2019-2020 yillarda 14 dan 30 yoshgacha bo‘lgan 2 million nafar yoshlarni madaniyat va san’atga jalb etish bo‘yicha hududiy “yo‘l xarita”larini tasdiqlash ko‘zda tutilgan. Shuningdek, bolalar musiqa va san’at maktablarida qo‘shimcha sinflar, madaniyat markazlarida cholg‘u, xonandalik, tasviriy san’at to‘garaklari, havaskorlik teatr jamoalari va bolalar ansambllarini tashkil etish belgilangan. Yangidan quriladigan, rekonstruksiya va kapital ta’mirlanadigan hamda jihozlanadigan madaniyat markazlari manzilli ro‘yxati ham shakllantirilgan.

Davlatz rahbari dastur loyihasida tadbirlarni amalga oshirish mexanizmlari yetarli emasligi, har bir shahar va tumanga ijodiy maslahatchi sifatida biriktirilgan soha namoyandalarining amaliy vazifalari aniq belgilanmaganini qayd etdi.

Hududiy “yo‘l xarita”lari ijrosini tizimli tashkil etish, to‘garak va sinflarga qamrab olingan bolalarni rag‘batlantirish, jumladan, har xil tanlovlar o‘tkazish zarurligini ta’kidladi. 

Vizit Shavkata Mirziyoyeva v OAE - Sputnik O‘zbekiston
Abu-Dabida Shavkat Mirziyoyev tantanali kutib olindi

Belgilangan qurilish, rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlari, shuningdek, madaniyat markazlari, musiqa va san’at maktablarini musiqa cholg‘ulari bilan ta’minlash uchun tegishli mablag‘ ajratish bo‘yicha topshiriq berildi.

Ikkinchi tashabbus yuzasidan tayyorlangan yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish, sport inshootlari quvvatini oshirishga qaratilgan dastur loyihasida yaqin 2-yilda har bir tumanda yengil konstruksiyali, sendvich panelli kichik sport zallari qurish belgilangan. 

Prezident mavjud va yangi quriladigan sport inshootlariga aholi va yoshlarni kengroq jalb etish, ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazishni ko‘paytirish kerakligini ta’kidladi.   

Uchinchi tashabbus – aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish chora-tadbirlariga oid dastur doirasida 2019-2020 yillarda tuman va shaharlarda raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etish va ularda bepul ta’lim berish, 19 mingga yaqin ijtimoiy soha obyektini yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulash ko‘zda tutilmoqda.

Yig‘ilishda aholining kompyuter savodxonligini oshirish, axborot texnologiyalariga qiziqqan bolalarni to‘g‘ri yo‘naltirib, ularni malakali mutaxassis darajasiga olib chiqish, dasturiy mahsulotlar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev posetil memorial “Vaxat al-Karama” - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev dunyodagi eng katta masjidlardan biriga tashrif buyurdi

Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish chora-tadbirlar dasturi loyihasi to‘rtinchi tashabbus maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan. Unga ko‘ra, har bir hududga 1 million donadan badiiy, tarixiy, ilmiy, ommabop mavzulardagi kitoblar yetkazib berish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, axborot-kutubxona markazlarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, tadbirkorlar tomonidan xalq kutubxonalari ochish ham belgilangan.

Beshinchi tashabbus bo‘yicha hududlarda tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish va xotin-qizlar bandligini ta’minlash chora-tadbirlari dasturi loyihasi tayyorlangan. 2019-2020 yillarda har bir tumanda yengil konstruksiyali tikuv-trikotaj korxonalarini qurish va ayollarni band etish ko‘zda tutilmoqda.

Yig‘ilishda ushbu korxonalarni puxta hisob-kitob asosida tashkil etish, ularda ishlab chiqariladigan tovarlar bozorini, ya’ni aniq xaridorini topish yuzasidan takliflar bildirildi. 

Muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarning axborotlari eshitilib, dasturlar loyihalarini takomillashtirish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

Yangiliklar lentasi
0