Sof islom aqidasi: Qarshida Abu-l-Muin Nasafiy ijodiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman boshlandi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaV gorode Karshi proxodit Mejdunarodnaya nauchno-prakticheskaya konferensiya, posvashennaya jizni i tvorchestvu velikogo mislitelya Abu-l-Muina Nasafi
V gorode Karshi proxodit Mejdunarodnaya nauchno-prakticheskaya konferensiya, posvashennaya jizni i tvorchestvu velikogo mislitelya  Abu-l-Muina Nasafi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘z chiqishlarining birida Abu-l-Muin Nasafiyga “ming yil oldin jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashgan alloma”, deya ta’rif bergan edi

TOShKENT, 26 dek – Sputnik. Qarshi shahrida (Qashqadaryo viloyati) buyuk alloma - Abu-l-Muin Nasafiy ilmiy merosiga bag‘ishlangan “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashgan buyuk alloma” mavzusida xalqaro anjuman o‘tkazilmoqda, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri voqea joyidan.

Tadbirda Turkiya, Misr, Rossiya, Bangladesh, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi davlatlardan taniqli islomshunos olimlar hamda OAV vakillari ishtirok etishmoqda.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaMavzoley Abul Muina Nasafi
Sof islom aqidasi: Qarshida Abu-l-Muin Nasafiy ijodiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman boshlandi - Sputnik O‘zbekiston
Mavzoley Abul Muina Nasafi

Konferensiya ishtirokchilari O‘zbekiston prezidenti tashabbusi bilan bunyod etilgan Qarshi tumanidagi Abu-l-Muin Nasafiy majmuasini ziyorat qildilar. Majmua negizida 500 o‘rinli masjid, kutubxona, muzey, ma’muriy bino, tahoratxona, choyxona qurib bitkazildi.

“Anjuman ishtirokchilari Abu-l-Muin Nasafiy asarlari, uning islom ilm fanida tutgan ahamiyati, O‘zbekistonning dunyo tamadduni rivojidagi muhim o‘rni haqidagi ma’ruzalar bilan chiqish qilmoqda. Dunyo miqyosida xalqaro terrorizm, radikalizm, ekstremizm kabi chegara bilmas tahdidlarning xavfi ortib borayotgan bugungi kunda ham ma’rifat jaholatga qarshi urashishning eng samarali vositasi sifatida tan olinmoqda. Shu boisdan bu muhim masala har doim ham ilm ahlining diqqat e’tiborida bo‘lib kelgan. Buyuk ajdodimiz Abu-l-Muin Nasafiyning aqida masalalari yo‘nalishida yozgan asarlari ana shu jihatdan barcha davrlarda ham o‘z qimmati va ahamiyatini yo‘qotmagan.

Dunyo bugun 21-asrning ikkinchi o‘n yilligini yaunlash arafasida turibdi. Davrimizning ziga xos murakkabligi shundaki, jaholatga asir kuchlar, razolat botqog‘iga botgan oqimlar o‘z maqsadlariga yetish yo‘lida muqaddas ta’limotlarni qurol qilishga intilmoqdalar. Bu oqimlar ilgari surayotgan yolg‘on aqidalar, asossiz da’volarga qarshi kurashish kuchli dalillangan imiy xulosa, raddiyalar bitilgan manbalarni talab qiladi. Aynan bunga javobni buyuk ajdodimiz Abu-l-Muin Nasafiy kabi allomalarning bizgacha yetib kelgan ilmiy merosidan topamiz”, - deydi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaV Kashkadarinskoy oblasti proshla mejdunarodnaya-prakticheskaya konferensiya na temu borba protiv nevejestva
Sof islom aqidasi: Qarshida Abu-l-Muin Nasafiy ijodiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman boshlandi - Sputnik O‘zbekiston
V Kashkadarinskoy oblasti proshla mejdunarodnaya-prakticheskaya konferensiya na temu borba protiv nevejestva

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasi 72 sessiyasiyasidagi nutqida yoshlarning ongu tafakkurini ma’rifat asosida shakllantirish va tarbiyalash muhim vazifa ekanligini ta’kidlagan. O‘z chiqishlarining birida Abu-l-Muin Nasafiyga “ming yil oldin jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashgan alloma”, deya ta’rif bergan edi. Nasafiy ilmining amaliy ahamiyatiga qaramasdan, shu paytga qadar uning merosi yetarli darajada o‘rganilmagan.

Yangiliklar lentasi
0