Sobiq ittifoq hamdo‘stligi-2020: yangi startmi yoxud o‘lim oldidagi holat?

© Internet-portal SNGFlagi stran uchastnis SNG
Flagi stran uchastnis SNG - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yigirma sakkiz yil muqaddam ro‘y bergan Sovet ittifoqining jadal sur’atlarda parchalanishini hali ko‘p eslashadi, xuddi Ikkinchi jahon urushi voqealarini singari.

Aleksandr Karavayev, RFA iqtisodiyot instituti ilmiy xodimi maxsus Sputnik uchun

Yigirma sakkiz yil muqaddam ro‘y bergan Sovet ittifoqining jadal sur’atlarda parchalanishini hali ko‘p eslashadi, xuddi Ikkinchi jahon urushi voqealarini singari. Respublikalarning amalda bir-biridan ajralishi, barchaga ma’lumki, bir qator keng ko‘lamli inqirozlar tufayli sodir bo‘lgan. Ammo sobiq ittifoq barham topganining birinchi yillarida kollektiv suverenitet tamoyillari asosida "Katta ittifoqni" qayta isloh qilish istagi saqlanib qolgandi – mana shu tufayli MDHni integratsiyaga urinish sifatidagi talqin qilishadi.

Kak golosovali uzbekistansi v Moskve na parlamentskix viborax - Sputnik O‘zbekiston
MDH missiyasi O‘zbekistondagi parlament saylovlarini demokratik deb tan oldi

Hammasi qanday boshlangandi

1990-1991 yy. bosh iqtisodiy muammosi – valyuta fondlarining yo‘qligi edi: 1989-yildagi budjet defitsiti YaIMning 10%ni tashkil etar, boz ustiga Butunjahon Banki va G7 davlatlaridan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha qarzdorlik jiddiy o‘sib borar va yangi zayomlar bilan qoplanardi.

Sovet iqtisodi korxonalari ma’muriy-xo‘jalik aloqalarida falajlik yuzaga keldi: o‘nlab zavodlar mahsulot ishlab chiqarish jarayonining oxirgi bosqichida boshqa respublikalardagi ta’minotchilar xalqasiga tobe’ bo‘lib qolgandi.

Buning ustiga 1970-yillarda o‘z yechimini topmagan muammolar kelib qo‘shilardi: iste’mol tovarlari, birinchi galda xo‘jalik texnikalari tanqisligi, qishloq xo‘jaligi rivojlanishidagi murakkabliklar (oziq-ovqat mahsulotlari va donning keng ko‘lamli importiga tobe’lik) va shunga o‘xshash holatlar.

Prezident RF Vladimir Putin i prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev  - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev MDH mamlakatlari rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etdi

MDH bu muammolardan uzoqlashish, ularni "yo‘q qilish" usuli sifatida tashkil topdi, ya’ni Sovet Ittifoqining e’tirozga o‘rin qoldirmaydigan afzalliklarini. Uyushma idealizmi va paradoksi mana shunda.

Respublikalar siyosiy suverenitetga ega bo‘ldilar va o‘z valyuta-eksport siyosatini amalga oshirish imkoniyatini qo‘lga kiritdilar, shuningdek, ular endilikda Moskvadan mustaqil o‘z davlat budjetlarini to‘ldirish kanallariga ega bo‘ldilar. Ammo tez orada ayon bo‘ldiki, sobiq Ittifoqning murakkab jihatlari hali yo‘qotilmagan. Qator regionlarda esa, misol uchun Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkazda, vaziyat yanada keskin tus olgan edi.

Shu bilan bir vaqtda, ilgarigi Moskvadan bo‘lgan "boshqaruv markazi" vakuumini tashqi kuch markazlari to‘ldirgan edi. Bir tomondan G‘arb va boshqa rivojlangan donorlarni jalb qilish yangi milliy elitalarga taraqqiyot uchun yangi impuls bersa, ikkinchi tomondan – xavfsizlik sohasida ko‘plab xatarlar paydo bo‘ldi. Barqarorlik, xuddi bugungi kabi, eng avvalo siyosiy barqarorlikdan kelib chiqib baholanardi. Shu bois, MDHning regional barqarorlik ssenariylarini ishlab chiqish imkoniga ega bo‘lgan klub sifatidagi ahamiyati, ravshan edi.

Bo‘lajak integratsiya uchun plato

Birinchi 10-yillikda MDHni meros qolgan muammolar va yangi imkoniyatlar kalkulyatsiyasi audit davri sifatida ta’riflash mumkin edi. Moskva amalga oshirilishi shart bo‘lgan kollektiv qarorlarni qabul qilish bo‘yicha monopoliyani yo‘qotdi va aks holatni isbotlashga intilmadi ham. 2001-yilda MDH integrallashuv jihatdan po‘k format singari tusga ega edi, go‘yoki bu yerda kuchsiz, boshqaruvi qiyin bo‘lgan, qarz va turli defitsitlarda botib qolgan davlatlar uyushgan edi.

Boyatsya vashey pravdi - Putin ob ugrozax vlastey Estonii v adres sotrudnikov Sputnik Estoniya - Sputnik O‘zbekiston
Putin MDH davlati yetakchilariga Ikkinchi jahon urushidan oldingi davr sirini ochdi

Ammo vaqt shuni ko‘rsatdiki, MDHga bo‘lajak integrallashuv loyihasi uchun qolgan aloqalarni qayd etish mumkin bo‘lgan platformaga singari ishonch bildirgan kuzatuvchilar va siyosatchilar haq bo‘lib chiqishdi. Hozirda, 2020-yil ostonasida, YeOIIda qayd etilgan to‘rtta erkinlik MDH bitimlari poydevoriga mustahkamlanganini bugun esga olish lozim:

– fuqarolarning vizasiz harakatlanishi erkinligi (bu esa tadbirkorlik va mehnat faolligi);

– ikkiyoqlama soliqqa tortishning oldini olish va investitsiyalar himoyasi haqidagi bitimlar haqidagi ikkiyoqlama kelishuvlar doirasida kapital harakati erkinligi;

– eksport-import operatsiyalari uchun erkin savdo zonasi (ESZ);

– transport va logistika kompaniyalari (temir-yo‘l, avia- va avtotransport) hamkorligi tufayli qo‘llab-quvvatlanadigan stransport infratuzilmasi majmuasi.

Rabochie-stroiteli na krishe zdaniya v Moskve. - Sputnik O‘zbekiston
MDH Migratsiya kodeksi qanday bo‘lishi kutilmoqda?

Rossiya MDH uchun hali hamon agrar mahsulotlarini o‘tkazish uchun asosiy bozor va asosiy mehnat bozorib bo‘lib kelmoqda. O‘z navbatida, MDH Rossiya uchun xom-ashyo eksporti uchun asosiy region emas, balki tayyor sanoat mahsulotlari  - avtomobillar, qurilish materiallari, kimoviy mahsulotlar va boshqa turdagi ko‘plab tovarlar uchun asosiy bozordir.

Tashqi fon va qizil chiziqlar

2001 yildan 2011-yilga qadar MDH davlatlari hamkorligi tashqi foni qattiq o‘zgarmoqda. Global o‘yinchilar ishtiroki kuchaymoqda: Markaziy Osiyoda yangi kuchli subyekt sifatida Xitoyning paydo bo‘lishi, MDH davlatlari g‘arbiy guruhi va Janubiy Kavkazga Yevropa Ittifoqi ta’sirining "Sharqiy hamkorlik" yordamida kuchayishi, va nihoyat, MDH maydonida NATOni kengaytirishga urinish. Shu bilan birga, Rossiya va MDH guruhidagi boshqa yetakchi davlatlar, eng avvalo Qozog‘iston, Belarus, Ozarbayjon va O‘zbekiston prinsipial darajada boshqa yangi: o‘z gardaniga yuklatilgan vazifa va majburiyatlarni bir vaqtning o‘zida boshqarish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

MDH "ulkan va g‘ovak" emas endi. Rossiya, o‘z navbatida kompleks integrallashuv kooperatsiyasini yuzaga keltirish uchun yanada ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘la boshladi.

Yangi yadroning yuzaga kelishi jarayoni boshlanmoqda. Rossiya xuddi ilgarigi kabi sheriklar oldida geosiyosiy birdamlik identifikatorlarini qo‘yayotgani yo‘q. Misol uchun, Abxaziya va Janubiy Osetiyani tan oldirish singari, lekin qizil chiziqlarni belgilamoqda - NATO kengayishiga yo‘q, sifatida, deylik.

MDHdan YeOIIga

Besh yil oldin MDH maydonida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeAES)tashkil topgan edi. Moskva bir vaqtning o‘zida  YeAESning yaqqol va muhim sherigi sifatida Evropa Ittifoqiga - g‘arb sivilizatsiyasining yetakchi tuzilmasiga koordinatsiyani taklif etdi.

Flagi stran uchastnis SNG - Sputnik O‘zbekiston
MDH doirasida yagona vizaning joriy etilishi ijobiy qadam bo‘lishi mumkin - TIV

Ammo hamkorlik uchun uzatilgan qo‘l javobsiz qoldi. YeAESni o‘z hayotiy manfaatlariga ega bo‘lgan regionga ega kuchi teng keladigan sherik sifatida qabul qilishmayapti. Unga integrallashuvni taklif etishmayapti, shunchaki YeIga a’zo barcha davlatlar bilan alohida hamkorlik "kiyimxonasida turishni" taklif qilishmoqda.

Ayni vaqtda Rossiya atrofidagi barcha sobiq iqtisodiy chegaralarning deyarli barchasi yuvilgan. Yangi bosqich boshlanmoqda. Bu murakkab geosiyosiy sharoitda to‘laqonli zamonaviy integrallashuvdir.

Ammo bu jarayonning modul algoritmlari (MDH bitimlari, YeOII guruhi, YeOII bilan erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risidagi bitimlar) turli tezlikka ega bo‘lgan orbitalarni yaratish va turli masofalardan - Serbiyadan boshlab Misrga va Vyetnamga qadar - farqli parametrlarga ega bo‘lgan sheriklarni jalb qilish imkonini bermoqda. Bu esa 1990 yy boshidagi holatdan keskin farq qiladi. Alqissa, raqamli iqtisod sharoitida turli bozorlarning moslashuvchanligini va afzalligini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lindi.

Ministr oboroni RF Sergey Shoygu - Sputnik O‘zbekiston
MDH chegaralarida vaziyat o‘ta keskin – Rossiya Mudofaa vaziri

Shunisi ayonki, MDH avomatik tarzda YeOIIga quyilolmaydi. MDH EIS formati u Rossiya sheriklari - eng avvalo, kelgusi yilda Hamdo‘stlikda raislik qiladigan O‘zbekistonga va qo‘shilmaslik siyosatiga amal qilayotgan Ozarbayjonga kerak bo‘ladigan vaqtga qadar saqlanib qoladi. Shu bilan birga YeOII yadrosi bilan aloqalar kengayib boraveradi.

Yaqin istiqbolda YeOIIda shunday opsiyalar tizimi ishlab chiqiladi-ki, u Ittifoqdan tadbirkor yoki YeOII ESZ a’zosiga birlashgan eksport markazlari ma’lumotlar bazalari orqali sheriklarni maksimal darajada tez topish imkonini beradi; ular infratuzilmaga oid banklardan zarur kredit ko‘magini oladilar; qulay logistikaga ega bo‘ladilar (yetkazib berish va sklad xizmatlari), milliy valyutada to‘lovlarni amalga oshirish tizimiga ega bo‘ladilar.

Gap bunday tizimni 2024-yilga qadar tashkil qilish haqida bormoqda. Boz ustiga bu davrga kelib, quyidagilar ishga tushadi yoki yuqori tayyorgarlik darajasida bo‘ladi:

– elektr energiyasi va uyali aloqa xizmatining umumiy bozori;

Ruslan Gereyev Rukovoditel Sentra islamskix issledovaniy Severnogo Kavkaza - Sputnik O‘zbekiston
Gereyev: Afg‘oniston narkotrafigi Rossiya va MDH mamlakatlari uchun xavf tug‘diradi

– Yevro-Osiyo banki va Rossiya infratuzilma banklari tomonidan loyihalarni moliyalashtirish ortadi.

– rublda savdo hajmi ortadi;

– ichki kooperatsiya loyihalari soni ortadi;

– umumiy pensiya tizimi kuchga kiradi.

Bularning barchasi, albatta, YeOIIning integrallashuv loyihasi, sobiq sovet ittifoqidan keyingi inersiya holatini yenga olgan MDH vorisi sifatida jozibadorligining oshishiga xizmat qiladi.

Yangiliklar lentasi
0