Amerika "urush ma’budi" o‘z kuchiga ishongani tufayli zaiflashdi

© AFP 2023 / SEAN M. WORRELLVoyennoslujashie VS SShA
Voyennoslujashie VS SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
RAND Corporation tahlil markazi AQSh qurolli kuchlarining yana bir zaif tomonini aniqladi. Institut mutaxassislari AQShning dala artilleriyasi rus artilleriyasidan zaifroq degan xulosaga kelishdi.

RAND Corporation tahlil markazi AQSh qurolli kuchlarining yana bir zaif tomonini aniqladi. Institut mutaxassislari AQShning dala artilleriyasi rus artilleriyasidan zaifroq degan xulosaga kelishdi.

Shunday qilib, amerikalik mutaxassislar o‘z mamlakatlarining Rossiyadan orqada qolishini tan oladigan harbiy-texnik rivojlanish sohalari ro‘yxati yana bittaga ko‘paydi. Ma’lumki, AQSh harbiylari va mutaxassislarini radio elektron urush vositasi, havo hujumidan mudofaa, gipertovushli qurol, tank qurish sanoati va hattoki kosmos kabi mavzular tashvishga solmoqda.

Ispitanie novoy ballisticheskoy raketi «Sarmat” - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy OAVlari Rossiyaning yangi qurolini "AQSh va NATOning dahshatli tushi" deya aytishdi

Biz Amerika Qo‘shma Shtatlarining mutlaq gegemoniyasining oldingi davrida yaratilgan eng qiziqarli va mashhur afsonalardan birining o‘limida ishtirok etapmiz. Dunyoning aksariyat qismi o‘shanda amerikaliklarning dunyoning qolgan qismiga nisbatan ustunligi tufayli bu holat abadiy davom etishiga samimiy ishonch hosil qilgan edi. Bundan tashqari, asosiy yutuqlar aynan ilmiy-texnik (va natijada harbiy-texnik) sohada namoyon bo‘lgandi.

Tan olishimiz kerakki, o‘sha paytda - 15-20 yil oldin - shunga o‘xshash nuqtayi nazar mantiqqa to‘g‘ri kelardi.

Zamonaviy fan shu qadar rivojlanganki, u juda murakkab va qimmatbaho tus oldi. Qaysi asosiy bilim sohalarida ma’suliyat yo‘q bo‘lganda yoki yo‘qolganda, mamlakat tarixning chetiga suriladi, degan qat’iy ishonch tarqalib ketgandi, chunki bo‘shliqni yopish uchun endi imkoniyat qolmaydi. Ushbu fonda super rivojlangan va super boy Amerika Qo‘shma Shtatlari butun dunyo bo‘ylab ilm-fanga, shu jumladan, “miyalarni” sotib oldi - va natijada taraqqiyotning so‘nggi yutuqlariga asoslangan harbiy ishlanmalarga juda katta sarmoyalar kiritdi.

Yaderniy vzriv - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya AQShni “o‘n marta” yer bilan yakson qilishga qodir – Xitoy OAVlari

Nega aynan shu holatda shuncha odam endi Vashingtonning ustunligi beqiyos va abadiy bo‘lib qoldi deb qaror qabul qilganini tushunish mumkin. Eng qizig‘i, amerikaliklarning o‘zlari - ekspertlar va yuqori martabali amaldorlar ham bunga ishonishgan holda o‘zlarining davlat siyosatini qurishgan.

RAND korporatsiyasi artilleriya bilan bog‘liq mavjud muammolarning sabablari haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yozadi: 2000-yillarning boshlaridan beri AQSh harbiylari isonchilarga qarshi kurashga ko‘proq e’tibor qaratdilar va aviatsiya ular uchun asosiy kuchga aylandi.

Pentagon va NATO uchun so‘nggi o‘n yilliklardagi odatiy kurash taktikasi yaxshi ma’lum:

a) boshqa dushman mamlakatning harbiy (va shu bilan birga fuqarolik) infratuzilmasini va katta armiya guruhlarini bombardimon qilish. Zeroki amerikaliklarga qarshi samarali havo mudofaa tizimi yo‘qligi sababli uchuvchilar uchun jiddiy tahdid bo‘lmagan.

b) keyin Kalashnikovlar bilan ishlaydigan qoloq mahalliy aholining qarshilik markazlarini yo‘q qilish uchun havo reydlari yoki quruqlikdagi kichik amaliyotlar (vertolotlar va samolyotlar yordamida).

Biroq, bunday yondashuv (to‘satdan - Vashington uchun) noxush oqibatlarga olib keladigan tarzda o‘zgarib ketdi. Xususan, okean orti mutaxassislarning ta’kidlashicha, ularning artilleriyasi samaradorligi pasaygan va rus artilleriyasidan past. Bu amerikalik qurolli kuchlarning kam ishlatilganligi sababli tajribasining sezilarli darajada pasayishi va Moskvaning zamonaviy artilleriya qurollari, shu jumladan kuchli gaubitsalar, baravariga o‘t ochish reaktiv tizimlari  va ballistik raketalarning faol rivojlanishi tufayli ro‘y berdi.

Vizit prezidenta RF V. Putina v Turkmeniyu - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya dunyoda hech kimda yo‘q qurolni yaratdi – Putin

Haqiqat abadiy hech narsa yo‘qligini va eng qudratli imperiyalar abadiy tepada qolishga qodir emasligini yana bir bor tasdiqladi, shu jumladan, harbiy sohada ham.

Hukmron stereotip turli tomonlardan quladi. "Dunyodagi yig‘ish sexi" pozitsiyasidan foydalangan Xitoy esa o‘zining xususiy ilmiy, texnologik, buning ketidan esa harbiy-texnik maktabini o‘stirish uchun foydalandi. Moskva misolida oladigan bo‘lsak, u bir nechta strategik sohalarda yutuqlarga erishishga umid bog‘ladi - va bu umid ish berib, Rossiyani tegishli sohalarda dunyo yetakchisiga aylantirdi. Oxir-oqibat, Shimoliy Koreya bor, uning raketa qurilishi sohasidagi urinishlari uzoq yillar davomida masxara qilingan - va kunlarning birida Pxenyan bu borada yutuqlarga erishgani ma’lum bo‘ldi ham. Endi esa hech kim kulishni istamayapti, ayniqsa yaponlar va amerikaliklar.

Ispitanie novoy ballisticheskoy raketi Sarmat - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya AQShga “Sarmat” raketa tizimini ko‘rsatishga tayyor - Lavrov

Shubhasiz-ki, qurol-yarog‘ ishlab chiqarishga ajratiladigan budjet va mablag‘larni ko‘paytirishdan manfaatdor bo‘lgan Pentagon AQSh harbiy ekspertlari havotirini xaspo‘shlamoqda. Faqatgina bu bu mutaxassislar tomonidan Amerika harbiy mashinasining real holati va zaif tomonlari bo‘yicha keltirgan faktlarning to‘g‘ri ekanligi bo‘yicha holatni bekor qilmaydi.

Muammo shundaki, Amerika tizimi amerikaliklarni dunyoning eng yuqori cho‘qqisida turishi va o‘ziga tinch bo‘lgan davrlardan  yana bir muhim zaiflikni meros qilib oldi - budjetning aniq bir ijobiy samara va natijalarga olib kelmaydigan juda katta beto‘xtov xarajatlari.

Albatta, RAND korporatsiyasi va Pentagonning boshqa "aqliy markazlari" bu xususiyat haqida kamroq gapiradilar va ularni tushunish mumkin. Ular uchun o‘zi o‘tirgan shoxni kesishdan hech qanday ma’no yo‘q.

Yangiliklar lentasi
0