Rossiya dunyoda hech kimda yo‘q qurolni yaratdi – Putin

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishVizit prezidenta RF V. Putina v Turkmeniyu
Vizit prezidenta RF V. Putina v Turkmeniyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya har qanday raketaga qarshi mudofaa tizimini yengib o‘tuvchi zarba komplekslarini ishlab chiqarmoqda.

TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Rossiya har qanday raketaga qarshi mudofaa tizimini yengib o‘tuvchi zarba komplekslarini ishlab chiqarmoqda.

Prezident Rossii Vladimir Putin na zasedanii Soveta glav gosudarstv Sodrujestva Nezavisimix Gosudarstv - Sputnik O‘zbekiston
Putin: Rossiya AQSh harakatlariga javoban raketa yaratadi

Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Arabic, Sky News va Al Arabiya telekanallariga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Biz buni qilamiz, bu hozir yaqqol ko‘rinib turibdi, chunki raketaga qarshi mudofaa tizimlari ballistik trayektoriya bo‘ylab uchuvchi ballistik raketalarga qarshi ishlaydi. Biz esa ularni faqat qayta-qayta takomillashtiribgina qolmasdan, hozircha dunyoda hech kimda bo‘lmagan boshqa qurolni yaratdik”, - deya Putin so‘zlaridan keltiradi RIA Novosti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vladimir Putin MDH Davlat rahbarlari kengashida Rossiya AQShning harakatlariga javoban o‘rta va qisqa masofaga uchuvchi raketa yaratishini ma’lum qilgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0