Rossiya AQShga “Sarmat” raketa tizimini ko‘rsatishga tayyor - Lavrov

© Ministerstvo oboroni RF / Mediabankka o‘tishIspitanie novoy ballisticheskoy raketi "Sarmat"
Ispitanie novoy ballisticheskoy raketi Sarmat - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya AQShga “Sarmat” tizimini ko‘rsatishga tayyor ekanligini aytdi.

TOShKENT, 22 dek – Sputnik. Rossiya bunday avval AQShga “Avangard” tizimini namoyish qilgandi, buni “Sarmat” bilan ham amalga oshirishga tayyor, dedi TIV rahbari Sergey Lavrov.

Zapusk mejkontinentalnoy ballisticheskoy raketi RS-12M Topol s poligona Kapustin Yar v Astraxanskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada qit’alararo ballistik raketa sinovdan o‘tkazildi

“Biz SNV-3 shartnomasi asosida yaratilgan ikki tomonlama maslahatlashuv komissiya uchrashuvida amerikalik hamkasblarga yangi tizimlar, shu jumladan gipertovushli qurollarni namoyish qilgandik. Shartnoma “Avangard” va “Sarmat” qamrab oladi. Bu qurol va tizimlarni SNV-3 shartnomasiga kiritishni mo‘ljallayapmiz. Bundan avval amerikaliklarga “Avangard” ko‘rsatgandik va buni “Sarmat” bilan amalga oshirishga tayyormiz”, - deb ta’kidladi Lavrov.

Lavrov qolgan tizimlar Strategik hujum qiluvchi qurollarni qisqartirish shartnomasida (SNV) ko‘zda tutilmagan, unga ko‘ra Rossiya Federatsiyasi alohida, parallel ravishda muzokara o‘tkazishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Yangiliklar lentasi
0