Murakkab geosiyosiy vaziyat xavfsizlikni mustahkamlash sohasida yangi harakatlarni talab qilmoqda. Moskva Toshkentga milliy kuch tuzilmalarini zamonaviy qurol-yarogʻ va harbiy texnika bilan taʼminlashda yordam bermoqda.
Amerika texnikasini uzoq vaqt davomida va puxta solishtirishdan soʻng, Oʻzbekiston Rossiyaning "Tayfun" zirhli avtomashinalarini qurollanish tarkibiga qabul qildi.
Moskva va Toshkent oktyabrda K53949 "Tayfun" zirhli mashinalarni katta partiyasini yetkazib berish toʻgʻrisida shartnoma imzoladi.
Yangi qurollarning birinchi partiyasini Oʻzbekiston Qurolli Kuchlarining Janubi-Gʻarbiy Maxsus harbiy okrugi boʻlinmalari qabul qildi.
Bundan avval oʻzbek harbiylari AQShda ishlab chiqarilgan 300 dan ortiq zirhli texnikasini ekspluatatsiya qilgandi.
Amerikaliklar ushbu ishlatilgan texnikani Excess Defense Articles armiya ortiqcha mol-mulkini yoʻqotish dasturi doirasida (Toshkent yetkazib berish xarajatlarini toʻlagan) oʻzbek harbiy xizmatchilariga sovgʻa qilishdi.
Amerikalik mashinalar armiyada oʻzini yaxshi namoyon qildi (foydalanish davom etmoqda) va shunga qaramay, Rossiya yangi texnikasi koʻp jihatdan ustunlikni namoyish etdilar.
Oshkosh, Navistar International, Spartan Motors va BAE Systems firma-ishlab chiqaruvchilari "Remdizel" (Naberejniye Chelni shahri) firmasiga imkoniyatni boy berdi.
"Tayfun"ni sotib olishning uchun asosiy sabablar - togʻlarda yuqori transport harakatchanlik, taʼmirlash mumkinligi va ehtiyot qismlari yetarli darajada boʻlganligi.
Terminator oilasi
"Tayfun" loyihasi oʻnlab tadqiqot loyihalari va armiyaning XXI-asrning zirhli mashinasiga boʻlgan asosiy talablarini (tezlik, kuch, ekipaj va jihozlarni oʻqlardan, mina va snaryad parchalaridan ishonchli himoya qilish) oʻzida mujassam etgan.
Zirhli mashina ogʻirligi 8 kilogrammgacha trotil ekvivalentidagi (past va gʻildirak ostida) portlashga bardosh bera oladi.
Konstruktsiyasida keramik elementlar bilan birlashtirilgan zirh ishlatilgan, kabinaning old tomoni 30 mm snaryadga bardosh beradi. Mashinaning pastki qismi V shakliga ega - mina zarba toʻlqinini yon tomonlarga tarqatish uchun.
Konstruktsiyada yuqori texnologiyali uskuna va qurollar bilan jihozlangan (bortli axborot tizimi, inqilobiy namunadagi dvigatel, avtomatik uzatish, gidropnevmatik alohida podvestka).
"Tayfun" juda yaxshi jangovar va ekspluatatsiya xususiyatlarga ega, yuqori tezlikda (soatiga 80 km gacha), hatto oʻtish mumkin boʻlmagan yoʻllarda ham harakatlanishi mumkin. Burchagi 23º gacha va chuqurligi 1,75 metrgacha boʻlgan qiyaliklar toʻsqinlik qilmaydi (haydovchi beligacha suvda boʻlsa ham, dvigatel toʻxtamaydi). Rossiyada "Tayfun" minalardan himoyalangan transport vositalarining bir nechta modifikatsiyalari ishlab chiqariladi: uch qobiqli K-63968, ramkali ikki qobiqli K-53949 (Oʻzbekiston buyurtma qilgan) va K-4368 modeli.
Masalan, "Tayfun-K" – KamAZa shassidagi zirhli avtomobil hisoblanadi, u jang maydoniga 16 nafargacha harbiy xizmatchini olib borishi mumkin.
"Tayfun-U" (Ural avtozavodida ishlab chiqariladi) mashinasidan razvedka, shtab-qoʻmondonlik mashinasi (aloqa va radioelektron jang) yoki muhandislik, radiotsion, kimyo va biologik razvedka olib borish ishlarida foydalanish mumkin.
Koʻpgina oʻrindiqlar mashina shiftiga yoki minalarga qarshi tayanchlarga mahkamlangan (portlash vaqtida shikastlanishni kamaytirish uchun).
Texnologiyalar kurashi
AQShdan Oʻzbekistonga umumiy hisobda Oshkosh ishlab chiqargan 159 ta M-ATV, MAXXPRO PLUS Navistar International 50 ta, Spartan Motors kompaniyasidan 50 ta COUGAR hamda BAE Systems dan 50 ta RG33L taqdim etilgan. Sovgʻa mutlaqo oʻz foydasini koʻzlamagan deb boʻlmaydi.
Shunday qilib, Pentagon eski texnikadan qutuladi (utilizatsiyada iqtisod qiladi) va sheriklarning AQSH harbiy-sanoat kompleksiga qaramligini keltirib chiqaradi.
Amerika Qoʻshma Shtatlari Oʻzbekistonga harbiy texnika yetkazib berish diversifikatsiyasini qaytarishga harakat qildi.
“Oʻzbekiston AQShga sotib olishga qiziqish bildirgan asbob-uskunalar va tizimlarning roʻyxatini taqdim etdi. Ushbu qiziqish Oʻzbekistonni Rossiya qurollarini sotib olishdan himoya qilish va munosabatlarimizni mustahkamlash uchun noyob imkoniyatdir”, - deyilgan Senatning Markaziy qoʻmondonligi AQSH Qurolli Kuchlari Markaziy qoʻmondonligi bayonotida.
Bu bayonotdan 7 oy oʻtgach, Oʻzbekiston “Tayfun” zirhli texnikasini qabul qildi, deb yozadi Voyennoye.rf nashri. Rossiya mudofaa texnologiyasining ustunligi AQSH rejalarini oxirigacha roʻyobga chiqarishga imkon bermadi.
Bundan tashqari, 2019 yilda Toshkent Rossiyaning BTR-82A va “Tigr” zirhli texnikani (Mi-35M 12 dona vertolyot va radioaloqa stantsiyalarni hisoblamaganda) sotib oldi.
Moskva global qurol bozoriga yetkazib berish xajmlarini koʻpaytirmoqda - soʻnggi yillarda eksport 15 milliard dollarga yaqinlashdi va buyurtma portfelining umumiy hajmi 54 milliard dollarga yetdi.
Mijoz hududida Rossiya tomonidan mudofaa mahsulotlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish kontseptsiyasi muvaffaqiyatga hissa qoʻshmoqda. Ehtimol, tez orada Oʻzbekistonda “Tayfon”larni ishlab chiqarish sanoati paydo boʻlishi mumkin.