https://oz.sputniknews.uz/20191216/Ylda-muzlab-olishi-mumkin-blgan-18-kishiga-rdam-krsatildi-13023060.html
Yo‘lda muzlab qolishi mumkin bo‘lgan 18 kishiga yordam ko‘rsatildi
Yo‘lda muzlab qolishi mumkin bo‘lgan 18 kishiga yordam ko‘rsatildi
Sputnik O‘zbekiston
Jizzaxda qorning ko‘p yog‘ishi tufayli yo‘lda qolib ketgan avtobus va yengil avtomobillar yo‘lovchilariga yordam ko‘rsatildi va ko‘ngilsiz holatni oldi olindi. 16.12.2019, Sputnik O‘zbekiston
2019-12-16T15:54+0500
2019-12-16T15:54+0500
2021-07-13T18:47+0500
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1302/29/13022919_0:40:1001:606_1920x0_80_0_0_519da4799efe50da8c88fa1ef48c5b61.jpg
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2019
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1302/29/13022919_0:9:1001:637_1920x0_80_0_0_00f1ec31825add116a9dbf60f5bd6075.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hodisalar , favqulodda vaziyatlar vazirligi (fvv)
hodisalar , favqulodda vaziyatlar vazirligi (fvv)
Yo‘lda muzlab qolishi mumkin bo‘lgan 18 kishiga yordam ko‘rsatildi
15:54 16.12.2019 (yangilandi: 18:47 13.07.2021) Jizzaxda qorning ko‘p yog‘ishi tufayli yo‘lda qolib ketgan avtobus va yengil avtomobillar yo‘lovchilariga yordam ko‘rsatildi va ko‘ngilsiz holatni oldi olindi.
TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Jizzaxda qorning ko‘p yog‘ishi oqibatida yo‘lda qolib ketgan 18 kishiga yordam ko‘rsatildi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, 14-dekabr kuni viloyat boshqarmasining navbatchilik qismiga “G‘allaorol-Qo‘ytosh 4R” yo‘lining 42-kilometrida qorning ko‘p yog‘ishi oqibatida avtobus va yengil avtomobillar yo‘lda qolib ketganligi to‘g‘risidagi xabar kelib tushgan.
Viloyat FVB qutqaruv guruhi zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan.
Qayd etilishicha, olib borilgan tezkor harakatlar natijasida “ISUZU” rusumli avtobus, “Cobalt” va “Volga” rusumli yengil avtomobillar salonidagi 18 nafar fuqaro evakuatsiya qilindi.