TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Termizda uyida qulflanib qolgan ikki bola qutqarildi.
FVV xabariga ko‘ra, Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining tezkor navbatchilik qismiga Termiz shahar Farovon massivida istiqomat qiluvchi Y.S.dan murojaat kelib tushgan.
Unga ko‘ra, fuqaro xonadonining eshigi ichkaridan qulflanib qolganligi va ikki nafar yosh bolalar yolg‘iz qolib ketganligi bois yordam so‘rab murojaat qilgan.
Shundan so‘ng navbatchi guruh zudlik bilan voqea joyiga yetib borishadi.
© MChSQutqaruvchilarning samarali xatti-harakatlari natijasida uy eshigi ochib berilib, fuqaroning 8 yoshli E.N. va uning ukasi 5 yoshli E.M. ota onasiga sog‘-salomat topshirilgan.
Qutqaruvchilarning samarali xatti-harakatlari natijasida uy eshigi ochib berilib, fuqaroning 8 yoshli E.N. va uning ukasi 5 yoshli E.M. ota onasiga sog‘-salomat topshirilgan.
© MChS
Qutqaruvchilarning samarali xatti-harakatlari natijasida uy eshigi ochib berilib, fuqaroning 8 yoshli E.N. va uning ukasi 5 yoshli E.M. ota-onasiga sog‘-salomat topshirilgan.