O‘zbekistonda 300 ga yaqin buyrak transplantatsiyasi operatsiyalari o‘tkazildi

© Narodnoe slovoV Uzbekistane vpervie provedena transplantatsiya pecheni
V Uzbekistane vpervie provedena transplantatsiya pecheni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yilning o‘tgan davrida hududlarga qariyb 600 nafar xorijlik mutaxassis taklif qilingani, telemeditsina orqali 1000 ta onlayn konsultatsiya o‘tkazilgani e’tirof etildi.

TOShKENT, 14 dek - Sputnik. Respublikada joriy yilda 300 ga yaqin buyrak transplantatsiyasi operatsiyalari o‘tkazildi, deb xabar berdi O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot-kotibi Furqat Sanayev Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

V Uzbekistane vpervie provedena transplantatsiya pecheni - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy markazi tashkil etildi

"Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliyt tibbiyot markazida 230 dan ortiq buyrak, 6 ta jigar, Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazida 68 ta buyrak transplantatsiyasi operatsiyalari o‘tkazilgani tufayli 300 nafardan ortiq fuqaroning yuqori texnologik operatsiyalar uchun chet davlatlarga chiqishining oldi olindi", — deb ma’lum qilgan Sanayev.

Ta’kidlanishicha, qo‘shimcha cakkizta respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (onkologiya va radiologiya, neyroxirurgiya, travmatologiya va ortopediya, allergologiya, nevrologiya va insult, nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi, narkologiya, bolalar xirurgiyasi kabi yo‘nalishlarda) tashkil qilinib, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlar soni 18 taga yetkazilgan.

Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga 3,2 mln AQSh dollari, respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga 2 mln yevro, respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga esa 2,8 mln yevroga teng bo‘lgan yuqori texnologik asbob-uskunalar yetkazilib ishga tushirilgan.

Produksiya zavoda Coca-Cola  - Sputnik O‘zbekiston
Olimlar gazli suv buyrak uchun xavfli ekanligini aniqlashdi

Ma’lum qilinishicha, ixtisoslashtirilgan markazlarning filiallari tashkil etilshi natijasida viloyatlarda 2019-yil 11 oyi davomida 2 400 dan ortiq jarrohlik operatsiyalari amalga oshirilgan, uning qariyb 1 500 (55,5 foizi) tasi yuqori texnologik jarrohlik operatsiyalarini tashkil etadi. Natijada 2019-yilda 1400 ga yaqin bemorga yashash joyining o‘zida tibbiy yordam ko‘rsatilib, ularning respublika markaziga kelishiga hojat qolmagan.

Joriy yilning o‘tgan davrida hududlarga qariyb 600 nafar xorijlik mutaxassis taklif qilingani, telemeditsina orqali 1000 ta onlayn konsultatsiya o‘tkazilgani e’tirof etildi.

Yangiliklar lentasi
0