O‘zbekistonda nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy markazi tashkil etildi

© Informatsionnaya slujba Ministerstva zdravooxraneniya UzbekistanaV Uzbekistane vpervie provedena transplantatsiya pecheni
V Uzbekistane vpervie provedena transplantatsiya pecheni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahar nefrologiya shifoxonasi negizida Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etildi.

TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. O‘zbekiston aholisiga nefrologiya va gemodializ yordami ko‘rsatish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi, deb xabar qildi Adliya vazirligi "Huquqiy axborot" kanali.

Zdanie ministerstva zdravooxraneniya Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan bosh shifokor ishdan bo‘shatildi

Qaror bilan aholiga ixtisoslashtirilgan nefrologik va gemodializ tibbiy yordam ko‘rsatish samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi va dastur ijrosini monitoring qilish bo‘yicha ishchi komissiya tashkil etildi.

Toshkent shahar nefrologiya shifoxonasi negizida Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etildi.

Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida "Nefrologiya, gemodializ va buyrak transplantatsiyasi" kafedrasi tashkil etiladi, 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab magistratura va klinik ordinaturaning "nefrologiya" va "bolalar nefrologiyasi" mutaxassisliklari bo‘yicha yangi yo‘nalishlari ochiladi.

Shuningdek, gemodializ xizmati faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadida "O‘zbekiston dializ jamiyati" nodavlat notijorat tashkilotini tashkil etiladi.

Vazirlar Mahkamasiga maxsus "Yo‘l xaritasi"ni tasdiqlash topshirildi unda shu jumladan, xususiy tibbiyot tashkilotlari tomonidan gemodializ xizmatlari ko‘rsatish tizimini soddalashtirish, ushbu yo‘nalishda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish nazarda tutiladi.

Moliya vazirligiga gemodializga muhtoj bo‘lgan bemorlar sonining yillik o‘sishini hisobga olgan holda zarur gemodializ uskunalari, ehtiyot qismlar va sarflash materiallarini o‘z vaqtida xarid qilinishi uchun budjet mablag‘lari ajratilishini ta’minlash yuklandi.

Yangiliklar lentasi
0