Olimlar gazli suv buyrak uchun xavfli ekanligini aniqlashdi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishProduksiya zavoda Coca-Cola
Produksiya zavoda Coca-Cola  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Keysi Rebxols o‘zining Baltimorda joylashgan (AQSh) Jon Gopkins universitetidagi hamkabslari bilan uch mingga yaqin afroamerikaliklarning so‘nggi 15-yil ichidagi hayotini kuzatib, shunday xulosaga kelishdi.

TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Shirin gazli ichimliklarni xush ko‘ruvchilar nafaqat semizlikka, balki og‘ir buyrak xastaliklariga ham duchor bo‘lishlari mumkin. Bu haqda RIA Novosti Clinical Journal of the American Society of Nephrology ma’lumotiga tayanib xabar qildi.

Keysi Rebxols o‘zining Baltimorda joylashgan (AQSh) Jon Gopkins universitetidagi hamkabslari bilan  uch mingga yaqin afroamerikaliklarning so‘nggi 15-yil ichidagi hayotini kuzatib, shunday xulosaga kelishdi. Shu yillar ichida ularning 6 foizga yaqini surunkali buyrak kasalligi qurboni bo‘lishdi. Bu ekspertlarga kasallikning rivojlanishiga ko‘proq qaysi omillar ta’sir ko‘rsatishini kuzatishga imkon berdi.

Saxarniy zavod  - Sputnik O‘zbekiston
"Shirin og‘u": olimlar shakarning yangi xavfli xususiyatini aniqladilar

Ma’lum bo‘lishicha, gazli suv va boshqa shirinliklar kasallik rivojlanishining asosiy omillari bo‘lishgan. Shunga o‘xshash mahsulotlar ko‘p iste’mol qilgan eksperiment ishtirokchilari o‘rtacha 61 foizga ko‘proq buyrak faoliyatidagi yetishmovchilik va surunkali buyrak kasalligiga giriftor bo‘lishgan.

Rus olimlari qon bosimi oshishiga qarshi nano-dori vositasini yaratishdi˃˃˃

Olimlarning ishonchi komilki, olingan natija shirinroq qilingan ichimliklar savdosini qonun bilan cheklash yoki ularga qo‘yilgan soliqlarni oshirish kerakligidan dalolat beradi. Shu kabi choralar tufayli semizlik tarqalishini oldini olish va buyrak xastaligiga chalingan insonlar sonini kamaytirish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0