Poroshenko siyosati to‘liq barbod bo‘ldi – Putin

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin
Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya yetakchisi kuni kecha Ukrainada bo‘lib o‘tgan saylov natijalari bo‘yicha o‘zining ilk munosabatini bildirdi.

TOShKENT, 25 apr – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Vladivostokda KXDR rahbari Kim Chen In bilan o‘tkazilgan Rossiya-Koreya muzokaralaridan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida chiqish qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Vladimir Putin vpervie vstretilsya s Kim Chen Inom - Sputnik O‘zbekiston
Uzoq kutilgan uchrashuv: Putin va Kim Chen In nimalarni muhokama qildi

Jurnalistlar oldida chiqish qilgan Rossiya yetakchisi kuni kecha Ukrainada bo‘lib o‘tgan saylov natijalari bo‘yicha o‘zining ilk munosabatini bildirdi.

“Bu Poroshenko siyosatining to‘liq barbod bo‘lishi. To‘liq va mutlaqo. Ishonchim komilki, yangi hukumat buni tushuna olmaydi”, - dedi Putin.

Anjuman davomida Putin Ukraina prezidenti saylovida g‘alaba qozongan Vladimir Zelenskiy davrida Rossiya-Ukraina munosabatlari qanday davom etishi mumkinligi to‘g‘risidagi fikrlarini ham bildirib o‘tgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva va Kiyev munosabatlari Ukraina yangi rahbarining olib bormoqchi bo‘lgan siyosatiga bog‘liq bo‘ladi.

Debati Petra Poroshenko i Vladimira Zelenskogo na stadione Olimpiyskiy v Kiyeve - Sputnik O‘zbekiston
Poroshenko Zelenskiyning inauguratsiya marosimini buzmoqchi - OAV

“Biz munosabatlarni to‘la tiklash tarafdorimiz, ammo biz buni faqat bir tomonlama qila olmaymiz”, - deya ma’lum qildi Putin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vladivostokda Rossiya va KXDR yetakchilarining birinchi sammiti o‘z yakuniga yetgani haqida xabar qilgan edik. Muzokaralar 3,5 soatdan ortiq davom etdi. Ikki davlat rahbari 2 soat yuzma-yuz suhbatlashishdi.

Poroshenko sudga berildi

21 aprel, yakshanba kuni Ukrainada prezident saylovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Saylov natijasiga ko‘ra prezidentlik lavozimi uchun kurash olib borgan Vladimir Zelenskiy saylovchilarning 73 foizdan ko‘proq ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0