TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Rossiya hukumati rahbari Dmitriy Medvedev Ukraina sud qarorlari bo‘yicha to‘lovlarni talab qilishni to‘xtatmagunicha, Moskva va Kiyev gaz borasida kelisha olmasligini ma’lum qildi. U bu xaqda “Vesti v subbotu” ko‘rsatuviga bergan intervyusida to‘xtalib o‘tdi. RIA Novosti xabariga asosan.
“Bunda hech narsa ro‘y bermasligi aniq. Bilasizmi, “siz yana har xil sud qarorlari bo‘yicha ham pul to‘lashingiz kerak” deb turgan taraf bilan gaz bo‘yicha muzokaralarni o‘tkazib bo‘lmaydi. Shuning uchun, ular buni xohlashadimi yoki yo‘q, aniqki, bu holatda qandaydir bir to‘xtamga yoki nol variantga kelishish kerak”, - dedi Medvedev va qaror o‘zaro foydali bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Ukraina o‘zida tatbiq etayotgan Yevropa qonunchiligi asosida ishlashiga tayyor.
"Ularga aytildi: marhamat, bu bizga juda mos keladi, faqat uni o‘zingizda tatbiq qilishni tezlashtiringlar, chunki uning talablari ancha qattiq ", - deya qo‘shimcha qildi Medvedev.
Shuningdek, u Moskva va Kiyev gaz bitimining barcha bandlarini kelishib olishlari kerakligi va shundagina hamkorlikni tiklashni, shu jumladan, Rossiya gazini Ukrainaga yetkazib berishni tiklash mumkinligini ta’kidladi.
Bosh vazirning eslatishicha, hozirda Kiyev gazni Yevropadan revers orqali olyapti, Rossiyadan olishi mumkin bo‘lgan narxdan ancha qimmatroq narxda.
"Biz bu haqda ukrainalik hamkasblarga turli formatlarda aytganmiz. Bu narx pastroq bo‘lishi mumkin ", dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, buning uchun faqatgina kelishib olish kifoya.
"Qanday qilib kelishib olish mumkin? Ilf va Petrov asaridagi mashhur montyor aytganiday, kelishuv – bu tomonlarning qarshiligi yo‘qligining mahsuli. Biron narsaga majburlash mumkin emas. Kelgusi yildan tranzit tarifingiz 5 barobarga oshdi deyish mumkin emas", - deya tushuntiradi Medvedev.
Shuningdek, u Ukraina hududi orqali gaz tranzitidan voz kechish mumkin emasligining sabablarini ham keltirib o‘tdi
"Shunday bo‘lsa-da, biz yevropalik iste’molchilar haqida, va xususan, ukrainalik hamkasblarimiz haqida ham o‘ylashimiz kerak, muammo Kiyevda hokimiyat tepasida aynan kim o‘tirganida emas, aksincha xalqaro majburiyatlarni qo‘llanilishida”,- ta’kidlagancha dedi xukumat raxbari.
"Biz ushbu majburiyatlarni davlatning bo‘lajak davlat rahbarlari tomonidan amal qilinishi kerakligidan kelib chiqamiz", - deya xulosa qildi u.
Gaz kontrakti bo‘yicha vaziyat
Rossiya gazini tranziti bo‘yicha amaldagi shartnoma shu yil oxirida tugaydi.
Moskva faqatgina xalqaro arbitrajda da’volarni o‘zaro rad etish va sud muhokamasini to‘xtatish shartlari bajarilgandagina yangi shartnoma imzolanishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
Kiyevda bu shartlarni nomaqbul deb hisoblashadi. “Naftogaz” “Gazprom”ga qarshi da’volarini 22 milliard dollarga baholamoqda.
Yangi bitimning tuzilishi Yevropa komissiyasi ishtirokidagi maslahatlashuvlarda muhokama qilinmoqda. Yangi uch tomonlama uchrashuvning sanasi hozircha noma’lum, hozirda Moskva va Kiyev ikki tomonlama muzokaralar olib bormoqda.
Kuni kecha Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya va Ukraina har ikki tomon uchun maqbul yechim topa olishiga umid bildirgan edi.