Rossiya harbiylari ilk bor ID sobiq “poytaxtiga” kirib borishdi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishFlag Sirii
Flag Sirii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Terrorchilar 2013-yil bahorida Suriyaning shimolida joylashgan Rakka shahrini egallab olishgan edi. U yerda 250 mingga yaqin kishi qochib ketgan.

TOShKENT, 9 dek — Sputnik. Rossiya harbiylari bir necha yil “Islom davlati*” “poytaxti” bo‘lgan Suriyaning Rakka shahriga ilk bor kirib borishdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, ular mahalliy aholiga ikki ming dona oziq-ovqat to‘plamlarini berishgan. Shuningdek, shaharga barcha muhtojlarga yuqori malakali yordam ko‘rsatishga tayyor bo‘lgan harbiy shifokorlar kelishgan.
Rossiya urushayotgan tomonlarni yarashtirish markazi zobiti Vladimir Varnavskiyning jurnalistlarga ma’lum qilishicha, Rakka infratuzilmasi AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya tomonidan o‘tkazilgan uni ozod qilish amaliyoti vaqtida to‘liq vayron qilingan bo‘lgan.

Prezident Sirii Bashar Asad - Sputnik O‘zbekiston
Bashar Asad: Suriya urushi – bu 3-jahon urushining kichik modeli

“Minglab tinch aholi tanlanmagan havo va artilleriya zarbalari qurboni bo‘ldi. Shaharda hozirgacha vayronalarni tozalash, hududni minadan tozalash ishlari yakunlanmagan. Toza suv, dori-darmon va oziq-ovqat yetishmasligi kuzatilmoqda”, - degan Varnavskiy.

Terrorchilar 2013-yil bahorida Suriyaning shimolida joylashgan Rakka shahrini egallab olishgan edi. U yerda 250 mingga yaqin kishi qochib ketgan. Bir yil o‘tib uni “Islom davlati” poytaxti deb e’lon qilishdi.

2017 yil oktabrida shaharni xalqaro koalatsiya aviatsiyasining ko‘magida “Suriya demokratik kuchlari”ning bir necha oylik amaliyotidan so‘ng ozod qilishdi.

Amerikalik kurd guruhlarining ommaviy bombardimonlari va harakatlari davomida uni batamom vayron qilishdi. Suriya TIV koalatsiya harakatlarini genotsid deb atadi.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Yangiliklar lentasi
0