Bolani tarbiyalamaslik yoki o‘qishiga xalal berish qimmatga tushadi - yangi qonun

© Sputnik / Vladimir Vatkin / Mediabankka o‘tishDeti
Deti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bosh prokuratura bola tarbiyasiga sust yondashgan ota-onalarga nisbatagan jarimalarni bir necha barobar oshirishni taklif qilmoqda.

TOShKENT, 9 dek – Sputnik. O‘zbekistonda 2020-yildan boshlab o‘z qaramog‘ida bo‘lgan voyaga yetmagan shaxslarning tarbiyasiga e’tibor bermaslik, ularning ta’lim olishiga sharoit yaratmaslik uchun jarimalar miqdori keskin oshirilishi mumkin.

MNO i komissiya po delam nesovershennoletnix razbirayetsya po video o xuliganstve v shkole - Sputnik O‘zbekiston
Maktabda sodir bo‘lgan bezorilik yuzasidan XTV izoh berdi

Bosh prokuratura tomonidan ishlab chiqilgan yangi qonun loyihasida, O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-moddasiga (Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) o‘zgarishlar kiritishni taklif qilmoqda.

Xususan, voyaga yetmagan bolalar tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan holatda, ularning ota-onasi va vasiylariga nisbatan solinadiga jarimalar miqdorini EKIHning 1 baravaridan 5 baravariga oshirish, ushbu holat bir yil ichida takrorlanganda EKIHning 5 baravaridan 10 baravarigacha oshirish taklif qilingan.

Kupuri nomiralom patdesat tisach sumov - Sputnik O‘zbekiston
Kasbida maktab yoshlar yetakchisi qalbaki pullar tayyorlagani aniqlandi

Shuningdek, Agar ota-ona yoki vasiy bolaning ta’lim olishiga to‘sqinlik qilsa EKIHning 10 baravaridan 10 baravarigacha, ushbu holat 1-yil ichida takrorlansa – 15 baravardan 25 baravarigacha oshirilsin – deyilgan yangi normativ-huquqiy hujjat matnida.  

Undan tashqari, Bosh prokuratura Ma’muriy kodeksni 197-5 moddasi (Ta’lim muassasasining pedagogik xodimi kasbiy faoliyatiga noqonuniy aralashish) bilan to‘ldirishni taklif qilgan. Ushbu qonunbuzarlikni sodir etgan shaxsga EKIHning 5 baravaridan 7 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – 7 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solinishi mumkin.

Yangi qonun loyihasi 2019-yilning 21-dekabriga qadar muhokamada bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0