Maktabda sodir bo‘lgan bezorilik yuzasidan XTV izoh berdi

© TelegramMNO i komissiya po delam nesovershennoletnix razbirayetsya po video o xuliganstve v shkole
MNO i komissiya po delam nesovershennoletnix razbirayetsya po video o xuliganstve v shkole - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uch o‘quvchi bir bolani do‘pposlashi aks etgan videodagi vaziyat XTV hamda voyaga yetmaganlar komissiyasi tomonidan o‘rganilmoqda.

TOShKENT, 6 dek - Sputnik. Toshkent maktablaridan birida sodir bo‘lgan bezorilik yuzasida XTV Sputnik muxbiriga izoh berdi.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin ijtimoiy tarmoqlarda maktab koridorida uch nafar o‘quvchi bir bolani urib, tepayotganligi aks etgan video tarqalgan edi. 

Avtomobilnie vori - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda maktab o‘quvchilari fuqaroning katta miqdordagi puli va pasportini o‘g‘irlashdi

Xalq ta’limi vazirligi matbuot kotibi A.Umarov aytishiga qaraganda ushbu holat 2-dekabr kuni Shayxontohur tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining birida sodir bo‘lgan.

Maktabning 8-“B” sinf o‘quvchilari sinfda o‘zaro joy talashib, bir-birini haqoratlagan va tanaffus vaqtida maktab binosi 3-qavatidagi o‘tish yo‘lagida uch nafar o‘quvchi to‘rtinchi birini ayamay do‘pposlagan.

Ayni damda holat yuzasidan Shayxontohur tuman xalq ta’limi bo‘limi, Shayxontohur tuman IIO FMB inspektorlari maktab ma’muriyati o‘qituvchilar va ota-onalar o‘rtasida surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Shuningdek, bezorilik sodir etgan o‘quvchilarning ishini voyaga yetmaganlar komissiyasiga taqdim etish va O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-moddasi bo‘yicha jazolash masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0