Kasbida maktab yoshlar yetakchisi qalbaki pullar tayyorlagani aniqlandi

© SputnikKupuri nomiralom patdesat tisach sumov
Kupuri nomiralom patdesat tisach sumov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Undan 172 dona 50 000 so‘mlik kupuradagi pullar, rangli printerdan to‘liq chiqarilmagan 84 dona 50 000 so‘mlik kupuradagi pullari musodara qilingan.

TOShKENT, 21 noya - Sputnik. Qashqardaroning Kasbi tumanidagi maktabning yoshlar yetakchisi qalbaki pullar ishlab chiqargani aniqlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar qilmoqda.

Kupuri yevro raznogo nominala - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda fuqaro bankka ko‘p miqdorda qalbaki valyuta olib keldi

Ma’lum qilinishicha, 24 yoshli tuman maktablaridan birida yoshlar ittifoqi yetakchisi bo‘lib ishlovchi B.A. tumandagi “Mug‘lon” MFY hududidagi o‘zi ijaraga olgan tikuvchilik sexida, turli xil kupuradagi qalbaki pullarni ishlab chiqarayotganligi aniqlangan. 

Undan 172 dona 50 000 so‘mlik kupuradagi pullar, rangli printerdan to‘liq chiqarilmagan 84 dona 50 000 so‘mlik kupuradagi pullar, “EPSON” rusumli rangli printer va “LENOVO” rusumli noutbuk tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

A.Bdan olingan AV0304117 seriya raqamli 172 dona 50 000 so‘mlik kupura “Davlat belgilisi” korxonasida tayyorlanmaganligi va rangli purkagichli printer yordamida tayyorlanganligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Kasbi tumani ichki ishlar bo‘limi tergov bo‘limi tomonidan A.B nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0