Putin va Merkel Ukraina orqali gaz tranzitini muhokama qildi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin i federalniy kansler FRG Angela Merkel
Prezident RF Vladimir Putin i federalniy kansler FRG Angela Merkel  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Germaniya kansleri Angela Merkel telefon orqali Ukraina orqali gaz tranziti masalasi yuzasidan fikr almashishdi.

TOShKENT, 28 okt – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Germaniya kansleri Angela Merkel telefon orqali Ukraina orqali gaz tranziti masalasi yuzasidan fikr almashishdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v zasedanii Soveta sotrudnichestva visshego urovnya mejdu RF i Tursiyey - Sputnik O‘zbekiston
Putin va Erdog‘an Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi

Yetakchilar Brusselda boshlangan navbatdagi uch tomonlama Rossiya - Yevropa ittifoqi - Kiyev maslahatlashuvlari doirasida suhbat o‘tkazdi.

Rossiya gazini Ukraina orqali yetkazib berish va tranzit qilish bo‘yicha mavjud shartnomalar shu yil oxirida tugaydi. Rossiya, Ukraina va Yevropa komissiyasi yangi shartnomani imzolash uch tomonlama uchrashuvlarda imzolanishi muhokama qilmoqda.

So‘nggi maslahatlashuvlar 19-sentabrda o‘tkazilgan.

Rossiya amaldagi shartnomani uzaytirishni taklif qilmoqda. Ukraina esa yangi shartnoma tuzishni talab qilmoqda.

O‘z navbatida, "Gazprom" rahbari Aleksey Miller yangi shartnoma tuzilishidan oldin "Naftogaz" bilan sud jarayoni hal qilinishi kerakligini ta’kidladi. Rossiya konserni barcha da’volarni butunlay qaytarib olish taklif qildi.

Yangiliklar lentasi
0