TOShKENT, 8 mar - Sputnik. Ukraina o‘zining gaz o‘tkazish tizimini yevropalik investorga sotish kerak, iloji bo‘lsa tezroq, deb xulosa qildi “Naftogaz” direktori Andrey Kobolev, RIA Novosti xabariga asosan.
Gap shundaki, Rossiya va Germaniya hamkorligida qurilayotgan “Shimoliy oqim 2” gaz quvuri ishga tushishiga - bugun hech qanday shubha qolmadi. AQSh va Yevropaning ayrim mamlkatlari harchand urinmasin - ushbu loyihani to‘xtatib qola olmadi.
“Shimoliy oqim 2” gaz quvuri bitganidan keyin Ukraina orqali o‘tuvchi “Drujba” gaz quvuriga bo‘lgan ehtiyoj keskin kamayadi. Dastlabki hisob kitoblarga ko‘ra Ukraina orqali gaz tranziti hajmi 10-15 mlrd metr kubga tushib qoladi. Xozir tranzit miqdori 87 mlrd. metr kub.
Shunday qilib Ukraina o‘zining asosiy geosiyosiy aktivi – gaz tranzit quvurining roli keskin kamayadi. Ushbu kichik hajmdan olinayotgan daromad esa Ukrainani “ko‘ngli tusagan” tranzit narxini belgilash imkonidan mahrum qiladi. Ustiga ustak sovet davrida qurilgan gaz quvuri ham sezilarli darajada eskirib qolgan.
Buni yaxshi tushungan “Naftogaz” vaziyatdan chiqish uchun o‘z tranzit gaz tranzit tizimini g‘arbiy investorga imkon qadar tezroq sotish payiga tushgan. Hozircha uni sotib olishga ishtiyoqi bo‘lgan birorta ham xaridor ko‘ringani yo‘q.
RIA Novosti muxbiri Ivan Danilov yozishiga ko‘ra, Naftogaz quvurlarini sotib olish uchun yevropalik investor quyidagi 3ta xususiyatga ega bo‘lishi kerak:
- juda boy - eskirgan Ukraina gaz quvuriga milliardlab sarmoya kiritish uchun;
- juda botir – bugungi kunda yuzaga kelgan siyosiy xavfli vaziyatni hisobga olmaslik uchun;
- va uzoqni ko‘ra olmaydigan – ukraina gaz tizimining kelajagi mutlaq mavhum va boshi berk ko‘chaga kirib qolganini ko‘ra olmaydigan darajada.
Ikkinchi ssenariy esa quyidagicha bo‘lishi mumkin: Yevropalik investor Ukraina gaz tranzit tizimini metallom narxida - ya’ni bepul sotib oladi, chunki bugungi kunda ushbu sarmoya – mutlaq lotoreya degani. Agar kelajakda vaziyat ijobiy hal bo‘lib, ushbu “lotoreya” bileti yutuqli bo‘lib chiqsa – gaz tranzit tizimidan tushgan barcha daromad Yevropaga yo‘l oladi.
Xulosa qilib aytganda, Rossiya bilan prinsipial ravishda kelishib olishni istamagani - Ukraina uchun qimmatga tushdi. Endi esa buning uchun to‘lov vaqti kelmoqda.
Ukraina va Rossiya gaz tranziti voqealarini qisqacha eslatib o‘tamiz. Ukrainada 2014-yilda hukumati almashganidan keyin Rossiya gazini Yevropaga Ukraina hududi orqali tranzit qilishda katta muammolar paydo bo‘ldi. Birinchidan Ukrain tranzit quvuridan gaz o‘g‘irlay boshladi, ikkinchidan gaz tranziti uchun juda katta to‘lov talab qila boshladi.
Rossiya bunga javoban Ukrainaga oldin gaz narxida berilgan chegirmalarni bekor qiladi. 2018-yilda “Naftogaz” Ukraina Gazpromga qarzlarini to‘lamasdan Yevropa sudiga murojaat qiladi va Rossiya kompaniyasining bir Yevropadagi bir necha aktivlarini hibsga olishga muvaffaq bo‘ladi.