Oltin ko‘p, u bizga hech qanaqa pul keltirmaydi - Moliya vaziri o‘rinbosari

© Sputnik / Pavel LisisinZolotie slitki
Zolotie slitki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning xalqaro rezervlardagi puli hozirda 22 milliard dollarni tashkil etadi. Bu qiymatning yarmi oltin, yarmi valyuta ko‘rinishida

TOShKENT, 31 avg - Sputnik. O‘zbekiston Moliya vaziri o‘rinbosari jurnalistlar bilan uchrashuvda oltinni ko‘p ushlab turish kerak emasligi, uni pul keltiradigan narsalarga tikish lozimligi haqida gapirdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi matbuot xizmati.

Aisti - simvol Nezavisimosti  - Sputnik O‘zbekiston
Xalqaro moliya tizimida O‘zbekiston bir pog‘ona yuqoriga ko‘tarildi

Moliya vazirligi, markaziy bank mutasaddilari ishtirokida "Davlat qarzini samarali boshqarish" mavzusida o‘tkazilgan matbuot anjumanida O‘zbekistonning tashqi qarzi yalpi ichki mahsulotning 23,5 %iga teng bo‘lgani ma’lum qilingan.

Moliya vazirligi boshqarma boshlig‘i Jasur Qarshiboyev yil boshida 9,9 milliard bo‘lgan davlat tashqi qarzi 6 oyda qariyb 13,1 milliard dollarga o‘sganini ta’kidlagan. Aytilishicha, qarzlarning ayrimlari uzoq va o‘rta muddatlarga olingan, qolaversa, imtiyozli davrda foiz stavkasi to‘lanib, qarz summasi to‘lanmaydi.

Muloqot davomida jurnalistlar xalqaro rezervlardagi kapital va uni boshqarish samaradorligi haqida savol berdi.

Aleksey Zubes - Sputnik O‘zbekiston
Dollarni nima kutmoqda va nega hamma oltin xarid qilmoqda – ekspert fikri

"Markaziy bank respublika nomidan xalqaro rezervlarni boshqaradi, — deb aytgan moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isoqov. — O‘zbekistonning xalqaro rezervlardagi puli hozirda 22 milliard dollarni tashkil etadi. Bu qiymatning yarmi oltin, yarmi valyuta ko‘rinishida. Faqat banklarga depozit qo‘yavermasdan bosqichma-bosqich moliyaviy bozorlarga chiqishni ham yo‘lga qo‘yish kerak. Chunki shu orqali depozitlardan ko‘ra ko‘proq foyda olib kelish imkoniyatlari mavjud. Oltinni ham aslida ko‘p ushlab turishimiz kerak emas. Oltin o‘zi ko‘p, u bizga hech qanaqa pul keltirmaydi. Oltinni pul keltiradigan, foiz hisobida foyda keltiradigan narsalarga tikish kerak".

Qayd etilishicha, 30-iyun holatiga ko‘ra, davlat ichki qarzi 5,4 milliard dollar ekvivalentini tashkil etgan. Shundan 97 % qarz hukumat tomonidan kafolatlangan. Qolgan 3 foiz qarz esa hukumat tomonidan jalb etilgan.

Yangiliklar lentasi
0