Yangi ish o‘rinlari va ishsizlik nafaqasi - prezident qarori

© SputnikKupuri nomiralom patdesat tisach sumov
Kupuri nomiralom patdesat tisach sumov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hujjatda aytilishicha, O‘zbekistonda keyingi yilda 382 ming doimiy yangi ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan.

TOShKENT, 3 dek – Sputnik. “2020 yilda yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholini bandligini ta’minlash parametrlari to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi umumiy muhokamaga qo‘yildi.

Deti Sankt-Peterburga razdayut broshuri migrantam - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 0,1 foizga pasaydi

“Ishsizlik darajasi 2019-yil boshiga nisbatan 0,4 foizga kamayib, joriy yil 1-oktabr holatiga 8,9 foizni tashkil etdi. Rasmiy band aholi soni 2018-yilning mos davriga nisbatan 5,7 foizga yoki 308 ming kishiga oshgan va 5,7 million kishiga yetdi. Iqtisodiy nofaol aholi soni 200 mingga kamayib, 4,0 million kishini tashkil etmoqda.

Shu bilan birga, yoshlar va ayollar o‘rtasidagi ishsizlik yuqoriligacha qolmoqda (mos ravishda 14,9 foiz va 12,5 foiz), ishga joylashishga muhtoj aholi soni 1,3 million kishini tashkil etgan. Ish bilan band aholi tarkibida norasmiy band kishilar ulushi (mehnat migratsiyasiz) yuqoriligicha qolib, 39,0 foizni tashkil etmoqda. Ish beruvchilar mehnat bozoriga chiqayotgan yoshlarning kasbiy malaka darajasi yetarli emasligidan e’tiroz bildirmoqda”, - deyilgan hujjatda.

Hujjatga 2020-yilda 382 ming doimiy yangi ish o‘rinlarini tashkil etish bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari; mehnat organlari tomonidan 461 ming aholi bandligini ta’minlash va ish beruvchilarni rag‘batlantirish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlarning prognoz ko‘rsatkichlari; 605 ming o‘zini o‘zi mehnat daromadi olishga yo‘naltirgan va yashirin ish o‘rinlarida ishlayotgan shaxslarni rasmiylashtirish parametrlari ilova qilingan.

Rukovoditel Sentra ekonomicheskix issledovaniy Instituta globalizatsii i sotsialnix dvijeniy Vasiliy Koltashov - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert ishsizlik va migratsiya darajasini qanday kamaytirish mumkinligini ma’lum qildi

“Belgilab qo‘yilsinki, mazkur qaror bilan tasdiqlangan prognoz parametrlari Davlat soliq qo‘mitasining axborot tizimi va Yagona milliy mehnat tizimida aks etgan, hisobot davrida tashkil etilgan ish o‘rniga ishchi yollangan va o‘rnatilgan tartibda ish haqi hisoblangan va sug‘urta badali to‘langan taqdirda bajarilgan deb hisoblanadi”, - deyilgan loyihada.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Toshkent shahri hokimligi bilan birgalikda Toshkent shahri Yashnobod, Yunusobod va Sirg‘ali tumanlarida vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash burolarini namunaviy loyihalar asosida 2020-yil 1-martgacha qurilishini yakunlab, ishga tushiradi.

“2020 yil davomida ishsizlar soni yuqori bo‘lgan mahallalarda 10 ta “Mehnat guzari” komplekslarini namunaviy loyihalar asosida qurish, ularda ishsiz aholi, birinchi navbatda yoshlar, ayollar, mehnat migrantlari va ularning oila a’zolariga xizmat ko‘rsatish va mikro ishlab chiqarish uchun imtiyozli ravishda joy ajratish, kelgusida esa ularga ajratilgan joylarni bozor narxlarida xarid qilish imkonini bersin”, - deyilgan qaror loyihasida.

Shu vaqtgacha ishsizlik nafaqasini to‘lash tamomila unutilgan ekan - Sherzod Kudbiyev

Hujjatga 2020-yilda ish qidiruvchi shaxslarni ishsizlik nafaqalari bilan ta’minlash prognoz parametrlari ilova qilingan: Respublika bo‘yicha jami 20 243 odam ishsizlik nafaqalari bilan ta’minlash rejalashtirilgan. Mablag‘ning umumiy summasi: 24 milliard 292 million so‘m. Viloyatlar kesimida eng ko‘p Farg‘ona (2287 odam), Samarqand (2277), Andijon (1996), Qashqadaryo (1883) viloyatlarida ishsizlik nafaqalari bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi prognoz parametrlarga o‘zgartirish kiritishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0