O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 0,1 foizga pasaydi

© Fb"Deti Sankt-Peterburga" razdayut broshuri migrantam
Deti Sankt-Peterburga razdayut broshuri migrantam - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu ko‘rsatkich 2019-yilning yanvar-iyun oylari bilan solishtirganda, 0,2 foizga (9,1%) pastroq, deyiladi vazirlik axborotida

TOShKENT, 16 noya - Sputnik. O‘zbekistonda 2019-yilning yanvar-sentabr oylarida ishsizlik darajasi 8,9 foizni tashkil etdi. 2018-yilning mos davriga nisbatan ishsizlik darajasi 0,1 foizga pasaydi, deb xabar qildi mehnat vazirligi matbuot-xizmati.

Rukovoditel Sentra ekonomicheskix issledovaniy Instituta globalizatsii i sotsialnix dvijeniy Vasiliy Koltashov - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert ishsizlik va migratsiya darajasini qanday kamaytirish mumkinligini ma’lum qildi

Ta’kidlanishicha, joriy yil sentabr oyida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Respublika bandlik va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi mamlakatning 108 ta shahar va tumanlarida navbatdagi ijtimoiy so‘rovni o‘tkazdi. Unda 485 ta fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, 4,9 mingta uy xo‘jaliklari hamda 26 008 nafar fuqaro qamrab olindi.   

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholining 8,9 %ini tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2019-yilning yanvar-iyun oylari bilan solishtirganda, 0,2 foizga (9,1%) pastroq.

Ishsizlikning eng yuqori darajasi Surxondaryo viloyatida kuzatilgan (9,3%), Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarida 9,2 foizni tashkil etdi. Eng past ko‘rsatkich esa Toshkent shahrida(7,5%) kuzatildi.  Ishga muhtoj bo‘lganlarning umumiy soni 1 337,5 ming kishini tashkil etgan. 16-29 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida ishsizlik darajasi 14,9 foizni, ayollar o‘rtasida ishsizlik darajasi 12,5 foizni ko‘rsatgan.

Shu vaqtgacha ishsizlik nafaqasini to‘lash tamomila unutilgan ekan - Sherzod Kudbiyev

Tadqiqot natijalariga ko‘ra O‘zbekistondan tashqariga ishga ketganlar soni 2 611,2 ming kishini tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda, 100,7%ga teng.

2019 yilning yanvar-sentabr oylarida aholini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish maqsadida tuman(shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlariga 595 707 fuqaro ish topishga yordam so‘rab murojaat qilgan. (Ular orasida 30 yoshgacha bo‘lganlar soni 213 707 nafarni tashkil etgan).

Murojaatchilarning 267 470 nafari ish bilan ta’minlangan, 216 778 kishi jamoat ishlariga jalb qilingan. 30 645 nafar fuqaro kasbga o‘qitishga jalb qilingan bo‘lsa, 47 960 nafar fuqaroga ishsizlik nafaqasi tayinlangan.

Yangiliklar lentasi
0