Toshkentda MDH poytaxtlari IIO rahbarlarining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

© Sputnik/Viktor TolochkoFlagi stran-uchastnis SNG
Flagi stran-uchastnis SNG - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu tashabbus IIV Po‘lat Bobojonov tomonidan MDHga a’zo davlatlar Ichki ishlar vazirlari kengashi doirasida bildirilgan edi.

TOShKENT, 28 noya - Sputnik. Toshkentda 29-noyabr kuni MDH davlatlari Ichki ishlar vazirlari kengashiga MDHga a’zo davlatlarning poytaxtlardagi ichki ishlar organlari va politsiya rahbarlarining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar qilmoqda.

V ramkax vizita delegatsii MVD Rossii v Uzbekistan sostoyalas vstrecha chlenov delegatsii s ministrom vnutrennix del Respubliki Uzbekistan general-leytenantom P .Bobojonovim. - Sputnik O‘zbekiston
Po‘lat Bobojonov rossiyalik hamkasblari bilan uchrashdi

Ushbu tashabbus Po‘lat Bobojonov raisligida O‘zbekiston ichki ishlar vazirligi tomonidan MDHga a’zo davlatlar Ichki ishlar vazirlari kengashi doirasida bildirilgan. Uni MDHga a’zo davlatlar hududlarida uyushgan jinoyatchilik va jinoyatlarning boshqa xavfli turlari bilan kurashishni muvofiqlashtirish burosi tasdiqlagan.

Tashabbus maqsadlari Toshkent IIBBning MDHga a’zo davlatlarning poytaxtlardagi ichki ishlar organlari va politsiya bo‘limlari bilan hamkorlini rivjlantirish va mustahkamlashdan iboratdir.

MDH poytaxtlari huquqni muhofaza qilish organlarining jipslashgan sa’y-harakatlari terrorizm va ekstremizm, giyohvand va psixotrop vositalarining noqonuniy aylanmasi, axborot texnologiyalari sohasidagi hamda shaxsga qarshi jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan tezkor-qidiruv tadbirlarini birgalikda o‘tkazishga imkon beradi.

Yig‘ilish so‘ngida ikki tomonlama hujjatlar va o‘zaro anglashuv memorandumi imzolanishini kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0