O‘zbekiston va Hindiston IIV birgalikda terrorizmga qarshi kurashishga kelishib oldi

© MVD UzbekistanaMVD Uzbekistana i Indii dogovorilis sovmestno borotsya s terrorizmom
MVD Uzbekistana i Indii dogovorilis sovmestno borotsya s terrorizmom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, muzokaralar davomida ichki ishlar vazirliklari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingan.

TOShKENT, 21 noya - Sputnik. O‘zbekiston va Hindiston Ichki ishlar vazirliklari transmilliy uyushgan jinoyatchilik va xalqaro terrorizmga  qarshi kurash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi. Bu haqda O‘zbekiston IIV xabar qilmoqda.

V ramkax vizita delegatsii MVD Rossii v Uzbekistan sostoyalas vstrecha chlenov delegatsii s ministrom vnutrennix del Respubliki Uzbekistan general-leytenantom P .Bobojonovim. - Sputnik O‘zbekiston
Po‘lat Bobojonov rossiyalik hamkasblari bilan uchrashdi

Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov Hindistonga tashrifi doirasida hindistonlik hamkasbi Amit Shax bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Ta’kidlanishicha, muzokaralar  davomida ichki ishlar vazirliklari o‘rtasidagi aloqalarni  rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingan.

Uchrashuvda transmilliy uyushgan jinoyatchilik, narkotik va psixotrop vositalar, terrorizm, odam savdosi va noqonuniy  migratsiyaga qarshi kurash hamda mazkur sohada tezkor axborot  almashish masalalariga alohida ahamiyat qaratildi.

Yangiliklar lentasi
0