G‘aniyev Tatariston bilan tovar ayirboshlashni muvozanatga keltirishni taklif qildi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston 2019-yil yakuniga ko‘ra Tatariston bilan tovar ayiboshlash hajmi 150 million dollargacha o‘sishini kutmoqda.

TOShKENT, 26 noya — Sputnik. O‘zbekiston 2019-yil yakuniga ko‘ra Tatariston bilan tovar ayiboshlash hajmi 150 million dollargacha o‘sishini kutmoqda. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Elor G‘aniyev ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Toshkentda seshanba kuni “O‘zbekiston – Tatariston” biznes forumi bo‘lib o‘tdi. Unda kecha O‘zbekistonga xizmat safari bilan kelgan Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov qatnashdi. Ilgari u Samarqandda KamAZ rusumli avtoulovlarni yig‘ishga mo‘ljallangan “UzAvto Trailer” MChJning yangi ishlab chiqarish liniyasi ochilish marosimida ishtirok etgan edi.

Obyekti proizvodstvennogo obyedineniya Tatneft v Respublike Tatarstan - Sputnik O‘zbekiston
“Tatneft” O‘zbekistonga keldi

“Biz Tatariston bilan tovar ayirboshlashning o‘sishini mamnuniyat bilan qayd etamiz. Agar 2017-yilda 92 million dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2018-yilda 145 millionga yetdi. Joriy yil yakuniga ko‘ra kamida 150 million dollarga o‘sishini kutapmiz”, - dedi Elor G‘aniyev.

U O‘zbekiston Tatariston bilan savdoda salbiy saldoga ega ekanini qayd etdi, ammo “bundan uncha tashvish tortmaydi, chunki u yerdan import qilinayotgan mahsulotlar, texnologiya, asbob-uskunalar, xom ashyolarga O‘zbekistonda talab katta”.

“Biroq tovar ayirboshlashimizni muvozanatga keltirishni istar edik. Biz arzon narxlarda sifatli mahsulotlarning keng ro‘yxatini, jumladan, yengil avtomobillar, yengil sanoat mollarini taklif qilishga tayyormiz, - dedi bosh vazir o‘rinbosari. Bu yil bizning to‘qimachilik sanoatimiz eksporti ikki milliard dollar atrofini tashkil etadi, 2025-yilga kelib eksport hajmini kamida yetti milliard dollarga yetkazishni rejalashtirmoqdamiz. Ya’ni ushbu mahsulot juda raqobatbardosh, nafaqat sifat jihatdan, balki narx jihatdan ham”.

G‘aniyevning so‘zlariga qaraganda, Tatariston O‘zbekiston-Rossiya mintaqalararo hamkorlikning rivojlanishida - uning kuchli iqtisodiy, sanoat, texnologik, ilmiy-texnik salohiyatini hisobga olgan holda alohida o‘rin tutadi.

Avtomobili KamAZ sobrannie v Samarkande  - Sputnik O‘zbekiston
Samarqanddagi KAMAZ qo‘shma korxonasida yangi sex ishga tushdi

Tatariston va O‘zbekiston o‘rtasidagi yaqin hamkorlikning dalili o‘zbek korxonalarining Tatariston Respublikasining “Ximgrad”, “Tatneft”, “KamAZ”, “Eidos-tibbiyot”, “Taspirtprom”, “Danaflex”, “Posis”, L.Ya. Karpov nomidagi kimyo zavodi kabi kompaniyalari bilan hamkorligida namoyon bo‘ladi. G‘aniyov bu ro‘yxatni davom ettirish mumkinligi ta’kidladi.

Shu bilan birga u O‘zbekiston Tataristonning kichik biznesi va yirik korxonalariga birdek e’tibor qaratdi.

“Tatarstan – O‘zbekistan” forumi poytaxtdagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad Tatariston va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiya loyihalarni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishdan iborat edi.

Yangiliklar lentasi
0