Samarqanddagi KAMAZ qo‘shma korxonasida yangi sex ishga tushdi

© Uzavtosanoat Avtomobili KamAZ sobrannie v Samarkande
Avtomobili KamAZ sobrannie v Samarkande  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqandda mahalliylashtirilgan ehtiyot qismlar yordamida KAMAZ avtomobillari shassisi ishlab chiqariladi.

TOShKENT, 26 noya - Sputnik. Bugun “UzAuto Trailer” kompaniyasi “KAMAZ” IChAJ bilan hamkorlikda yangi KAMAZ avtomobillarining shassisini yig‘ish liniyasini rasman ishga tushirdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Yangi sexning umumiy maydoni 7,4 ming kv.m bo‘lib, u  yiliga 3 000 donadan ortiq yuk mashinalarini ishlab chiqarish imkonini beradi. Korpusda, shuningdek, gaz-ballon jihozi ishlab chiqarish va “KAMAZ” shassisiga o‘rnatish uchastkasi ham tashkil etilgan.

Yangi liniyani tashkil etish mahalliylashtirilgan akkumulyatorli batareyalar, yoqilg‘i-moylash materiallari, gaz ballonlari va mahalliy ishlab chiqarishga mansub boshqa butlovchi qismlardan foydalangan holda, “KAMAZ” shassisini ishlab chiqarishning yanada chuqurroq texnologik bosqichiga o‘tish imkonini berdi.

Korxonaning ochilish marosimida Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov, Samarqand viloyati hokimi E. Turdimov, “O‘zavtosanoat” AJ Boshqaruvi raisining o‘rinbosari R. Yusupov, “KAMAZ” IChAJ bosh direktori S. Kogogin va “UzAuto Trailer” MChJ Bosh direktori A. Hojiboyevlar ishtirok etdi.

Sotrudnik dilerskogo sentra PAO Kamaz v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent viloyatida “KAMAZ” bilan yana bir qo‘shma korxona ochiladi

Yangi sex ochilishi bir bir vaqtda “KAMAZ ASIA LEASING” qo‘shma korxonasi ham tashkil etildi. Lizing kompaniyasining ustav fondi 5 mln dollarni tashkil qiladi, uning 2,5 mln. dollari Rossiya tomonining to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyasidir.

Eslatib o‘tamiz, 2017da “UzAutoTrailer” MChJ zavodida “KAMAZ” avtotransport vositalarini “UzAutoTrailer”da ishlab chiqarilgan ustqurmalar va yarim tirkamalari o‘rnatilgan yirik uzelli ishlab chiqarish boshlangandi.

O‘tgan davr mobaynida “KAMAZ” shassisidagi tayyor transport vositalarini ishlab chiqarish hajmi 1 900 donadan ortdi. Bugungi kunda korxona “KAMAZ” yuk mashinalarining 18 xil modelini ishlab chiqarmoqda.

Yangiliklar lentasi
0