TOShKENT, 18-iyul – Sputnik. “Tatneft” kompaniyasi O‘zbekiston hududida ham AYoQShlar tarmog‘ini ochdi, deb xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati.
Ilk AYoQSh ning tantanali ochilish marosimi kecha Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanida Tashkent-Nurafshon yo‘lining 5kilometrida bo‘lib o‘tdi. Unda TOshkent viloyati hokimi o‘rinbosari O.B. Rustamov, “Tatneft” bosh direktori N.U.Maganov, Rossiyaning O‘zbekistondagi savlo vakili v.b. G.D. Dinnikov, “O‘zbekneftgaz” boshqarmasi raisi B.B. Sidiqov hamda Tatariston respublikasining O‘zbekistondagi vakili R.A. Shakirovlar ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Marosimda so‘zga chiqqan “Tatneft” bosh direktori Nail Maganov Rossiya va O‘zbekiston orasidagi samimiy hamkorlik o‘zaro ilmiy-texnik va ishlab chiqarish potensialini rivojlantirishga qaratilganini aytib o‘tdi. Bosh direktor shuningdek kompaniya O‘zbekiston bilan ko‘p sohalarda, jumladan geologik razvedka, avtoshinalar ishlab chiqarish, konchilik ishlarida hamkorlik qilayotganini aytib o‘tdi.
Ayni damda Toshkent viloyatida “Tatneft” AYoQSh ishga tushirildi. Kelajakda “Tatneft” ulgurji yonilg‘i savdo tarmog‘ini kengaytirish rejalashtirilgan. AYoQShlar Rossiya neft korxonalari mahsulotini, jumladan “TANEKO”ning yuqori sifatli benzinini yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.
AYoQShlarda Rossiyada ishlab chiqarilgan Ai-95, Ai-92, dizel yonilg‘isi hamda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Ai-80 benzinlari hamda metan gazi sotish rejelashtirilgan.
Ma’lumot uchun, “Tatneft” Rossiyaning eng yirik AYoQShlar tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda ushbu tarmoq Rossiyada 600 dan ortiq AYoQShlarga ega.