Chegara zastavasiga hujum qilganlar orasida 13 nafar bola bo‘lgan – Tojikiston MXX

Obuna bo‘lish
Tojikiston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi vakili ma’lumotiga ko‘ra, tojik-o‘zbek chegara zastavasiga hujum qilganlar orasida 13 nafar bola bo‘lgan.

TOShKENT, 26 noya – Sputnik. Shu yil 6-noyabrda “Ishqobod” chegara postiga hujum qilganlar orasida 13 nafar voyaga yetmagan bolalar bo‘lgan, deb ma’lum qildi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi vakili Muhammad Saidov bugun Dushanbeda o‘tkazilgan anjumanda.

Chegara postiga hujum qilgan terrorchi-ayollar qayerda tayyorgarlik ko‘rgani ma’lum bo‘ldi

Bu bayonotni Sputnik Tojikistonga Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot kotibi Saboxat Mamadaliyeva ham tasdiqladi.

Saidov o‘z chiqishida “Ishqobod” chegara postiga hujumda 9 nafar erkak, 11 nafar ayol va 13 nafar (4 yoshdan 15 yoshgacha) voyaga yetmaganlar bo‘lganligini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu odamlar bir necha oila vakillari bo‘lgan va doimiy So‘g‘d viloyatida yashashgan. Oilalar juda boy bo‘lishgan. Guruh rahbari Shuhrat G‘ofurovning moddiy boyligi million somoniy miqdorda baholanmoqda.

Saidov ta’kidlashicha, bir oy oldin bu odamlar Dushanbega kechib kelishgan va bir uyda yashashgan.

Militsiya xodimlari bir uyda 30 dan ortiq odam yashayotganini bilishgan, lekin bunga yetarli darajada e’tibor qaratishmagan.

Iosif Linder - Sputnik O‘zbekiston
Xudkush-ayollar chegara postiga hujum vaqtida, qasos haqida o‘ylagan bo‘lishi mumkin – Linder

Eslatib o‘tamiz, 6-noyabrga o‘tar kechasi Tojikistonning O‘zbekistonga yaqin hududida joylashgan "Ishqobod" chegara postiga 20 nafar jangarilar tomonidan hujum uyushtirildi. 

O‘tkazilgan maxsus operatsiya natijasida jangarilarning 15 nafari yo‘q qilinib, 5 tasi qo‘lga olingan.

Qo‘lga olingan ayollar So‘g‘d viloyatining Istaravshan shahrida tug‘ilgani ma’lum bo‘ldi. Bu ayollar Afg‘oniston hududida xudkush-terrorchi sifatida IShID (Rossiyada va boshqa mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilot) maxsus jamloqlarida uzoq vaqt davomida tayyorgarlik ko‘rgan.

Keyinchalik “IShID” (Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot) Tojikistondagi “Ishqobod” chegara postiga uyushtirilgan hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgandi.

Yangiliklar lentasi
0