Linder Sputnik Tojikistonga ta’kidlashicha, agar Sharqda bir ayol qurol oladigan bo‘lsa, demak, unda juda jiddiy motivatsiya bo‘lgan.
“Jangarining rafiqasi bo‘lish yoki uy-ro‘zg‘or ishlari bilan shug‘ullanish bir narsa, qo‘liga qurol olish va qandaydir ishga borish bu boshqa. Mana nazorat punktiga hujum vaqtida, to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy to‘qnashuvda o‘lish uchun biroz boshqacha psixotipga ega bo‘lish kerak. Xudkush tanlanganda ham turli mexanizmlar bor: ko‘pincha hamma ham chindan o‘lishini bilmaydi yoki ularni alohida tayyorlanadi”, - deydi Linder.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, odam yollashda boshqa psixologik profilga ega bo‘lgan kishilar tanlanadi.
“Ularning orasida yaqinlari u yoki bu terroristik tashkilotga borib, vazifalarni bajarish paytida vafot etganlar ham bor. Shundan so‘ng, ularning eng yaqin qarindoshlari, shu jumladan ayollar, qasos yo‘liga o‘tadilar”, - deb qo‘shimcha qildi ekspert.
Eslatib o‘tamiz, 6-noyabr kechasi 20 nafarga yaqin qurollangan niqobli kishilar Dushanbedan 60 km masofada, o‘zbek-tojik chegarasida joylashgan "Ishqobod" postiga hujum qilib, u yerdan 5 ta avtomat o‘qotar qurolni egallab olishgan edi. O‘tkazilgan maxsus operatsiya natijasida jangarilarning 15 nafari yo‘q qilinib, 5 tasi qo‘lga olingan.
Chegara postiga hujum qilgan shaxslar orasida besh nafar ayollar bo‘lgan. Otishma vaqtida ikki nafar ayol o‘ldirildi, qolganlari – qo‘lga olindi va milliy xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan so‘roq qilindi.
Jinoiy guruhida omon qolgan ayollar So‘g‘d viloyatining Istaravshan shahrida tug‘ilgani ma’lum bo‘ldi. Bu ayollar Afg‘oniston hududida xudkush-terrorchi sifatida IShID (Rossiyada va boshqa mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilot) maxsus jamloqlarida uzoq vaqt davomida tayyorgarlik ko‘rgan.
Mutaxassisning to‘liq izohini quyidagi podkast orqali rus tilida tinglashingiz mumkin.