Toshkentda “Tolibon” harakati vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdanie MID Uzbekistana
Zdanie MID Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Tolibon” harakatining siyosiy ofisi rahbari afg‘onlararo muloqotning navbatdagi raundini Samarqand shahrida o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifni qo‘llab-quvvatladi.

TOShKENT, 8 avg – Sputnik. 8-avgust kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida “Tolibon” harakatining Doha shahridagi siyosiy ofisi rahbari mulla Barodar Axund boshchiligidagi Harakat vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston
"Tolibon" O‘zbekistonda o‘tkaziladigan afg‘onlararo uchrashuvga taklif etilgani yo‘q

Uchrashuv chog‘ida Afg‘onistonda barqaror va uzoq muddatli tinchlikka erishish maqsadida mamlakatda tinch siyosiy jarayonlarni ilgari surish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Mulla Barodar O‘zbekiston rahbariyatiga Afg‘onistonga doimiy e’tibor qaratayotgani uchun samimiy minnatdorchilik bildirdi va O‘zbekiston sa’y-harakatlari tufayli Afg‘oniston muammosi yana jahon hamjamiyati diqqat markaziga tushganini alohida qayd etdi.

“Tolibon” harakatining siyosiy ofisi rahbari afg‘onlararo muloqotning navbatdagi raundini Samarqand shahrida o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifni qo‘llab-quvvatladi. Mazkur tadbirning Afg‘onistondagi hozirgi real vaziyat nuqtayi nazaridan o‘z vaqtida tashkillashtirilayotgani va dolzarbligi qayd etildi va O‘zbekiston tomonining mazkur uchrashuvni o‘tkazish uchun zarur sharoitlar yaratib berishga tayyorligi uchun minnatdorlik izhor etdi.

Muzokaralar chog‘ida afg‘on xalqining o‘z taqdirini o‘zi hal qilishi va o‘z kelajagini qurish huquqi yana bir bor ta’kidlandi.

Yangiliklar lentasi
0