Basitxanovaga Lolaning klipidagi atlas kiygan masxaraboz yoqmadi

© YouTubeShedevr, ili Kones karyere: noviy klip Loli Yuldashevoy vzorval Set
Shedevr, ili Kones karyere: noviy klip Loli Yuldashevoy vzorval Set - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston xotin-qizlari raisi Elmira Basitxanovaning fikricha, shou-biznesdagi alohida holatlarni tanqid ostiga olish mumkin, biroq bu milliy qadriyat ustidan kulish mumkinligini anglatmaydi.

TOShKENT, 16 noya - Sputnik. O‘zbekiston Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Basitxanova shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokama qilinayotgan xonanda Lola Yo‘ldoshevaning "Sevgingni menga ayt" klipiga munosabat bildirdi. Bu haqda Xotin-qizlar qo‘mitasi rasmiy saytida xabar berilgan.

Shaxlo Axmedova - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zbekkonsert" kechirilgan xonandalar haqida: ular xalqga astoydil xizmat qilishga so‘z berdi

Xususan, jurnalistlar bilan uchrashuvda Basitxanova, xotin-qizlar qo‘mitalari boshlang‘ich tashkilotlari nomigagina tashkil qilinayotgani, ular tizimning davomi sifatida uzluksiz ishlamayotgani, jamiyatda ro‘y berayotgan voqeliklarda xotin-qizlarning pozitsiyasi ko‘rinmasligi yoki sust bo‘lishida aks etayotganini aytgan.

Basitxanova shu yerda xonanda Lola Yo‘ldoshevaning klipini yodga olgan.

"Kuni kecha Lola Yo‘ldoshevaning klipi chiqdi. U "O‘zbekkonsert"ning litsenziya olib, berish tartibini balki to‘g‘ri tanqid qilgandir. Lekin atlasni masxaraboz kiyimi qilgani, ma’naviyat so‘zini o‘yinchoq qilib qo‘ygani — bu yigirma beshinchi kadr. Afsuski, buni yana ijtimoiy tarmoqda ko‘pchilik qo‘llab-quvvatlagan. Ana shunday holatlarda boshlang‘ich tashkilotlarning faol bo‘lishi esa juda ham muhim", - degan xotin-qizlar raisi.

Amfiteatr - Sputnik O‘zbekiston
Insofga kelmagan estrada xonandalari san’atkorlar safidan chiqariladi

Tadbirda boshlang‘ich tashkilotlar raislari bevosita hududiy Xotin-qizlar qo‘mitalari bilan, korxona hamda tashkilot joylashgan mahalladagi xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassislar bilan doimiy hamkorlik o‘rnatishi zarurligi ta’kidlangan.

Xotin-qizlar qo‘mitasining boshlang‘ich tashkilotlari oila, mahalla, qishloq va ovullarda, o‘quv muassasalari hamda tashkilotlar, yirik korxonalarda davlatimizning ayollarga oid siyosatini targ‘ib etish, Xotin-qizlar qo‘mitasining faoliyati va pozitsiyasini, nuqtayi nazarini o‘zbek xalqiga yetkazish kabi ishlarda asosiy suyanch bo‘lishi kerakligi qayd etilgan.

Yangiliklar lentasi
0