"O‘zbekkonsert" kechirilgan xonandalar haqida: ular xalqga astoydil xizmat qilishga so‘z berdi

© UzbekkonsertShaxlo Axmedova
Shaxlo Axmedova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekkonsert bayonotiga ko‘ra, ilgari ham ayrim sabablarga ko‘ra, ta’qiqqa uchragan xonandalarga davlat rahbarining g‘amxo‘rligi, bag‘rikengligi, kechirimliligi bois yana erkin ijodga qaytishga imkon berilgan edi

TOShKENT, 19 okt - Sputnik. Vaqtincha litsenziyadan mahrum bo‘lgan xonandalar bundan buyon o‘z ijodlarini rivojlantirish va xalqga astoydil xizmat qilish va’dasini berganliklari tufayli, ularga yana ijodga qaytishga imkon berildi, deya bayonot e’lon qilgan "O‘zbekkonsert" davlat muassasasi.

Muxlis Sherali Jo‘rayev qo‘shig‘ini tinglamoqda - Sputnik O‘zbekiston
Hofiz Sherali Jo‘rayev katta sahnaga qaytapti

Muassasa, shuningdek, ilgari ayrim sabablarga ko‘ra, ta’qiqqa uchragan xonandalarga ham davlat rahbarining g‘amxo‘rligi, bag‘rikengligi, kechirimliligi bois yana erkin ijodiy faoliyat yuritishga imkon berilganini eslatib o‘tgan. Litsenziyalar qaytarilishi munosabati bilan o‘tkazilgan brifingda mana shu ishlarning yana bir namunasi sifatida, ayrim sabablarga ko‘ra, litsenziyalari vaqtincha to‘xtatilgan qator xonandalarga ijodni davom ettirishlari uchun imkoniyat yaratilgani ma’lum qilingan.

O‘zbekiston san’atkorlari ro‘yxati 70%ga yangilandi >>>

Avval xabar berganimizdek, bular xonanda Abdulla Qurbonov, Jahongir Otajonov, Shahlo Ahmedova hamda qiziqchi Halima Ibragimovalardir.

"O‘zbekiston prezidentining san’at ahliga bo‘lgan g‘amxo‘rligi va mehribonligi, kechirimliligi hamda e’tibori soha xodimlariga albatta bemisl kuch-g‘ayrat va shijoat baxsh etadi. Bunday e’tiborga esa asl san’at namunalarini yaratish, xalqimizga astoydil xizmat qilish bilangina javob qaytarish lozim", - deya tushuntirish bergan san’atkorlarga "O‘zbekkonsert".

"Lik-lik" - xalq artisti: Mirziyoyev ijodkorlar bilan uchrashuvda aytgan yorqin jumlalar >>>

Yangiliklar lentasi
0