O‘zbekistonni 2030-yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi tayyorlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovFlag Uzbekistana
Flag Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
YeOII va Jahon savdo tashkilotiga integratsiyasini o‘z vaqtida bosqichma-bosqich amalga oshirish hamda mamlakat iqtisodiyoti raqobatbardoshligini oshirish bayon etilgan hujjatda.

TOShKENT, 13 noya – Sputnik. “O‘zbekiston Respublikasini 2030-yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi tayyorlandi.

Flagi Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
YeOII va JST: O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasi tayyorlandi

Qarorga BMT, BMT Taraqqiyot Dasturi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va Birlashgan Arab Amirliklarining ekspertlari, mahalliy ilmiy-tadqiqot muassasalar olimlari, respublika vazirlik va idoralari tomonidan keng muhokama qilingan, ustuvor maqsad va yo‘nalishlarni qamrab oluvchi O‘zbekiston Respublikasini 2030-yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish konsepsiyasi ilova qilingan.

“institutsional o‘zgarishlar va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilangan, bozor iqtisodiyotiga o‘tishda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan asosiy institutsional o‘zgarishlarni, iqtisodiy o‘sishni miqdoriy ko‘rsatkichidan sifat ko‘rsatkichiga o‘tishi, YeAES va Jahon savdo tashkilotiga integratsiyasini o‘z vaqtida bosqichma-bosqich amalga oshirish hamda mamlakat iqtisodiyoti raqobatbardoshligini oshirish, makroiqtisodiy institutlarni kuchaytirish orqali barqaror rivojlanishni ta’minlash”, - deyilgan hujjatda.

Konsepsiyada nazarda tutilgan ustuvor yo‘nalishlar va maqsad ko‘rsatkichlariga erishish bilan bir qatorda, 2020-yil 1-apreliga qadar davlat boshqaruv, sud-huquq, tashqi iqtisodiy sohalarini yanada takomillashtirishni nazarda tutuvchi quyidagilar:

- Vazirlar Mahkamasi, Oliy Sud, Bosh prokuratura, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasini 2030-yilga qadar davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini;

V Tashkente ustanovili 35-metroviy flag Uzbekistana- video - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston mamlakatning ijobiy imidji konsepsiyasini ishlab chiqmoqda

- Vazirlar Mahkamasi, Oliy Sud, Bosh prokuratura, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasini 2030-yilga qadar qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari;

- Vazirlar Mahkamasi, Davlat xavfsizlik xizmati manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasini 2030-yilga qadar xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarni nazarda tutuvchi davlat dasturlarini ishlab chiqish belgilangan.

Loyihada aytilishicha, konsepsiyaning maqsadi – 2030-yilga qadar yuqori darajali inson kapitali, innnovatsiyalarga asoslangan real sektorning rivojlanishi va natijaga qaratilgan investitsiya siyosatini yuritilishi orqali ijtimoiy siyosatga yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti shakllantirilishi, respublikani Jahon banki klassifikatori bo‘yicha o‘rtadan yuqori daromadli mamlakatlar guruhiga kirishini ta’minlaydi.

Prezident qarori loyihasi 27-noyabrgacha muhokama qilinishi belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0