TOShKENT, 8 okt – Sputnik. “O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlanish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi umumiy muhokamaga qo‘yildi.
Hujjatni Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tayyorladi.
Konsepsiyada belgilangan maqsadlarga erishish uchun qisqa muddatli (2022-2026 y.) va uzoq muddatli (2027-2030 y.) “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilgan.
Qaror loyihasida iqtisodiy o‘sish va davlatning uzoq muddatli istiqbolda yuqori daromadli mamlakatlar qatoriga o‘tishiga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining yettita ustuvor yo‘nalishlari belgilab berilgan:
1. Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda institutsional o‘zgarishlar va ustuvor yo‘nalishlar.
2. Iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari;
3. Inson kapitalini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari.
4. Innovatsiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari;
5. Muhandislik kommunikatsiyalari va sanoat infratuzilmasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari;
6. Investitsion va ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash ustuvorliklari;
7. Hududlarning muvozanatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlari.
Birinchi bosqichda (2019-2021 y.) qabul qilingan hujjatlarni amalga oshirish orqali iqtisodiyot yangi sharoit va bozor mexanizmlariga moslashadi, quyidagi vazifalarga ta’sir qiladi:
- makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash;
- davlat xizmati uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini isloh qilish;
- budjet siyosati sohasidagi rivojlangan davlatlar standartlariga o‘tish;
- bozor munosabatlarining institutsional bazasini kelgusi rivojlantirish;
- ta’lim, fan, sog‘liqni saqlash, AKT sohalarini rivojlantirish, inson kapitaliga investitsiyalarni orttirish;
- korrupsiyani cheklash va xufona iqtisodiyot darajasini pasaytirish;
- YeOII va boshqa bir qator davlatlar bilan erkin savdo shartnomalarini imzolash hisobiga tashqi savdoni kengaytirish;
Ikkinchi bosqichda (2022-2025 y) ishlov berish sanoatini tez rivojlantirish, foydalaniladigan resurslardan oqilona foydalanishni oshirish, barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan yangi bozor va sanoat tuzilmalarni shakllantirish hisobiga iqtisodiyot tarmoqlarida sifatli tarkibiy o‘zgarishlarga erishiladi.
Bu bosqichda samarali bandlikni kengaytirish va boshqa ijtimoiy muammolarni hal etishdagi hissasini kuchaytirish orqali iqtisodiy o‘sishning sifati sezilarli ravishda oshadi.
Bu bosqichda davlat siyosati tadbirlarining asosiy ustuvor yo‘nalishlari:
- makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish;
- davlat xizmatini isloh qilish, korrupsiyani kamaytirish, davlat boshqaruvi sifatini oshirish va nomarkazlashtirish, mahalliy jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, hududiy rivojlantirish;
- ishlab chiqarish kuchlari klasterli taqsimlash prinsipiga asoslangan yangi eksportga yo‘naltirilgan sanoat siyosatiga o‘tish;
- mamlakatning EOII va JSTga a’zo bo‘lishini, savdo siyosati va eksportni liberallashtirish, notarif savdo to‘siqlarini qayta ko‘rib chiqish va bitimlar va JST qoidalariga muvofiqligini izchil o‘rganish.
Uchinchi bosqichda (2026-2030 y) iqtisodiyotni xom ashyo eksportidan innovatsion rivojlanish turiga o‘tkazish, eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiyotni quyidagilar hisobiga jadal rivojlantirish:
suv, yer, mineral xom ashyo va energiya manbalaridan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish;
inson kapitalini rivojlantirish (kamida 5 ta milliy universitet TOP-500 ga kirishi; maktab ta’limi sifati bo‘yicha mamlakat TOP-30 ga kirishi; majburiy tibbiy sug‘urta bilan qamrab olishini 99% gacha yetkazish);
xo‘jalik yurituvchi subyektlar va fuqarolarning aksariyatida innovatsion yo‘nalishni shakllantirish, tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishni innovatsion va texnologik modernizatsiyalashni rivojlantirish;
bilimli odamlarning keng o‘rta qatlamini va odamlar uchun teng imkoniyatlarga ega bo‘lgan demokratik fuqarolik jamiyatini shakllantirish (gender tengsizligini to‘liq bartaraf etish).
Hujjat 22-oktabrgacha muhokama qilinadi.