O‘zbekiston mamlakatning ijobiy imidji konsepsiyasini ishlab chiqmoqda

© FacebookV Tashkente ustanovili 35-metroviy flag Uzbekistana- video
V Tashkente ustanovili 35-metroviy flag Uzbekistana- video - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Axatovning so‘zlariga ko‘ra, bu jarayonga e’tibor avvalo iqtisodiy rivojlanish uchun qulay sharotlar yaratishda muhim ahamiyatga ega

TOShKENT, 26-iyul - Sputnik. O‘zbekiston xalqaro maydonda mamlakatning ijobiy imidji konsepsiyasini yaratmoqda va qator davlatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirishdan manfaatdor, deb ma’lum qildi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev v Yujnoy Koree - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston-2035: Markaziy Osiyo yuragini o‘n yetti yildan so‘ng nima kutmoqda

"Ayni vaqtda TIV bizning boshqa vazirliklarimiz boshqa vazirliklar bilan hamkorlikda O‘zbekistonning xalqaro arenada ijobiy imidji konsepsiyasini ishlab chiqmoqda", - dedi Axatov.

Axatovning so‘zlariga ko‘ra, bu jarayonga e’tibor avvalo iqtisodiy rivojlanish uchun qulay sharotlar yaratishda muhim ahamiyatga ega.

Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosariga ko‘ra, ko‘p asrli tarix, mustahkam o‘rin olgan bag‘rikenglik va mehmondo‘stlik qadriyatlari, shuningdek, O‘zbekistonning resurs salohiyati bu jarayonning tuzilmasi hisoblanadi.

"O‘zbekiston jahondagi davlatlar o‘rtasida savdo, ishchi kuchi migratsiyasi, kapital, xalqaro kredit va valyuta munosabatlari yuzasidan o‘rnatiladigan aloqalarga faol kirishishdan manfaatdor, keng doiradagi davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan sheriklikni o‘rnatishdan manfaatdor", - deb xotima qildi Axatov.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda juma kuni TIV tomonidan mamlakat imidjini xalqaro sahnada mustahkamlashning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan "doira suhbati" bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda vazirlik va idoralar, jamoatchilik tashkilotlari, respublika parlamenti hamda O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy diplomatik missiyalar, xalqaro tuzilmalar va OAV vakillari ishtirok etishdi.

Yangiliklar lentasi
0