NATO o‘z ajalini qanday yashirish to‘g‘risida kelishmoqda

© AssarProyekt shtab-kvartiri NATO v Brussele
Proyekt shtab-kvartiri NATO v Brussele  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fransiya prezidenti Makronning NATOning "miyasi o‘lgani" xaqidagi bayoni Yevropa siyosiy hamjamiyatida zanjirli reaksiyani keltirib chiqardi hamda rasmiy Berlinning qahrli e’tiroziga sabab bo‘ldi.

Lekin asosiy natija shunda-ki, endi NATOning London sammiti g‘arblik ekspertlar tomonidan allaqanday bir tibbiy konsilium sifatida qabul qilinmoqda va uni doirasida nochor ahvolda qolgan "NATO deb ataluvchi bemorning" taqdiri muhokama qilinmoqda. Hozircha hech kim asosiy "evtanaziya" asosiy suzini aytmadi, lekin Makron tomonidan berilgan bahoni noxaq deb isbotlamoqchi bo‘lganlarning jazavasiga qaraganda, Shimoliy atlantika alyansi batamom o‘z layoqati chegarasidan o‘tgach, nima qilmoq kerak, degan savol nafaqat Parij osmonida, balki Yevropa axborot maydonida ham muallaq turgan ko‘rinadi.

Militaristskie fantazii SShA: kak Vashington sobirayetsya voyevat s Rossiyey - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Rossiya bilan qanday urush qilmoqchi - Pentagon va NATO fantaziyasi

"Reyter" agentligi Berlin noroziligi haqida Makron ohangida xabar bermoqda: "Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Maas yakshanba kuni Fransiya prezidenti Makronning harbiy alyans to‘g‘risidagi tanqidiy e’tirozlariga Berlinning shu kechayu-kunduzdagi eng qat’iy reaksiyasi bilan javob qaytardi va NATO ildiziga bolta urilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi".

NATOning London sammitida axborot ta’minoti bilan band bo‘lgan Britaniya matbuoti ekspertlar noroziligiga go‘yo olovga yog‘ purkab turibdi. Express tabloidi NATOning rejalashtirish bo‘yicha sobiq direktori Fabris Potyening so‘zlarini keltirmokda: "Agarda Makron qolgan Yevropani himoya qilishda Fransiya yadro quroli qanday ishlatilishi to‘g‘risida o‘ylab ko‘rishga tayyorligi va Yevropa Fransiyaning tiyib turishiga ishonishi mumkin ekanligi haqida gapirganida edi, vaziyat yanada konstruktiv qabul qilingan bo‘lardi. Lekin, albatta, u bu ishni qilmadi. Fransiya o‘z yadro quroli qayerda va qachon qo‘llanilishi to‘g‘risida o‘z tasavvuriga ega. Sizlar o‘yinga biror-bir muqobil taklif kiritmay NATOni qanday tanqid qilishingiz mumkin?".

NATOning sobiq bo‘lsa xam yuqori martabali amaldori tomonidan Makron nomiga yo‘naltirilgan ayblovlar – Parij va Brussel (bilvosita Vashington) o‘rtasidagi mojaro mohiyatini tushunishga urinayotganlar uchun xaqiqiy sovg‘adir. Fransiya prezidenti NATO va shaxsan Donald Trampning eng og‘riqli joyiga tepdi. Shimoliy atlantika alyansi "miyasi o‘lgani" xaqida bayonidan tashqari, Makron, AQShning Shimoliy atlantika alyansi shartnomasi 5-chi moddasi (NATOning mavjudligi huquqiy bazasi)da ko‘zda tutilgan majburiyatlarni bajarishga tayyorligi borasida oshkora shubha bildirdi. Makron pozitsiyasi("o‘lik miya" to‘g‘risidagi tezisdan tashqari)ni o‘ta diplomatik va muloyim fransuz tilidan og‘zaki nutqda ishlatiladigan tilga tarjima qiladigan bo‘lsak, bu "biror nojo‘ya holatda" Vashington o‘z ittifoqchilariga "pand beradi" degan gumonga olib kelishi mumkin va AQSh uchun bunday hatti-harakat amerikancha tashqi siyosiy an’anadan chekinish bo‘lmaydi.

Generalniy sekretar NATO Yens Stoltenberg - Sputnik O‘zbekiston
NATO Rossiyani raqib sifatida yo‘q qilishga ahd qildi

Yevropa OAVlari (xususan, BBC) matnda quyidagi tagma’noga urg‘u berishmoqda: Trampning Vashington ko‘magini kutayotgan suriya qurdlarini topshirishga tayyorligi - zaiflik va va’da qilingan himoya uchun kurashish istagi yo‘qligi belgisidir. Makron bu holatni tanqid qildi va o‘zining shov-shuvli intervyusida o‘z pozitsiyasini quyidagicha mantiqiy yakunladi: NATO "faqat oxirgi instansiya kafili o‘z holicha ishlagan holatdagina ish beradi. Men aytgan bo‘lardim-ki, biz AQSh majburiyatlari doirasida NATO nimani anglatadi, degan xaqiqatini qayta ko‘rib chiqishimiz darkor".

Albatta, qurdlar Shimoliy atlantika alyansi shartnomasini imzolashda qatnashmagan, lekin tanqidchilar nuqtayi-nazarida, bu AQShga nisbatan da’volardan xalos etmaydi, ayniqsa, Trampning o‘zi, alyansning biror a’zosiga hujum uyushtiriladigan bo‘lsa,  jamoaviy himoya qilish bo‘yicha amerika g‘ayratini shubha ostiga qo‘yib turgan bir mahalda. Bunday yondashuv, tabiiyki, NATO faollarini jahllantirmoqda va bunda "NATOga nisbatan ishonch yo‘qolishi bilan, sizda nechta tank va yoki samolyot borligini unuting – o‘yin tugadi", degan Fabris Potye to‘liq haq edi. Lekin Makronga aynan "o‘yin tugashi" kerak va u NATOga nisbatan ishonchni "yo‘qotishga urinadi": u o‘zining geosiyosiy loyihasi – umumevropa armiyasi uchun yo‘l ochmoqchi.

Aslida, Shimoliy atlantika alyansining London sammiti G‘arb davlatlari harbiy hamkorligi kelajagi uchun uch xil mos kelmaydigan qarashlar to‘qnashuvi maydoni bo‘ladi.

Donald Tramp, Amerika prezidenti - Sputnik O‘zbekiston
Tramp o‘z fikridan qaytdi. NATO endi eskirgan tashkilot emas

AQSh vakillari Yevropa ittifoqi mamlakatlari harbiy harajatlar, ya’ni NATO ta’minoti va AQShdan qurol sotib olish uchun o‘z  YaIMning to‘rt foizini (bu taxminan 752 milliard dollar) to‘lashni talab qilishni boshlashadi. Germaniya vakillari, Tashqi ishlar vaziri Maas bayonotiga qaraganda, harajatlar oshirilishi asossiz, deya qattiq turadi hamda Parij va Vashingtonni xudbinlikda ayblab, tanqid qiladi. Fransiya vakillari NATOni koyib, (AQShsiz va htimol Buyuk Britaniyasiz) Yevropa armiyasini tuzish g‘oyasini ilgari suradilar. Makronning (uning o‘zi tan olishiga qaraganda) strategik g‘oyasi Yevropa ittifoqi va nihoyat o‘zini alohida geosiyosiy kuch sifatida anglab, "o‘z taqdiri ustida nazoratni saqlab qolishida" axir.

Hammaga yoqadigan va barcha qarashlarni birlashtiradigan murosani topish, mumkin emasligi yaqqol ko‘rinib turibdi. Siyosat esa – bu imkon san’ati, undan ko‘p emas. NATO ichidan o‘lmoqda, bu qurdlar voqeasi yoki muammoli Turkiya tufayli ham emas, aksincha, bu yerda alyansning o‘z a’zolari boshqa a’zolarga to‘g‘ri kelmaydigan shaxsiy manfaatlar yo‘lida NATOni parchalamoqda.

Dunyo OAVlari diqqat markazi ostida dekabr oyi boshida o‘tajak "London tarixiy sammiti" aslida mavjud ikki qarordan faqat bittasini qabul qilishi mumkin.

"Yoki a’zo-davlatlar batamom va oshkora janjallashishadi hamda holatni go‘yo alyansni qutqarish imkoni mavjuddek ko‘rsatishadi: nega deganda, agarda alyans o‘lgudek bo‘lsa, aybni boshka birontaga ilish uchun.

Bularning barchasi Rossiya uchun yaxshi xabar. Garchi, G‘arbda yana kuzatilayotgan - "Rossiyadan bo‘layotgan tahdid"ga qarshi kurashning hatto navbatdagi "xuruji" NATOni jipslashtirmayotgan ekan, demak, Shimoliy atlantika alyansiga boshqa hech narsa yordam berolmaydi.

Yangiliklar lentasi
0