TOShKENT, 25-may - Sputnik. NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg tashkilot alyansning yangi harbiy strategiyasini qabul qilishga qaror qilgani va ushbu qaror "Rossiya tomonidan bo‘layotgan yadroviy tahdid hamda yangi chaqiriqlar" bilan bog‘liqligi haqida bayonot qildi.
Shtab rahbarlari yangi strategiyani tasdiqladilar, ammo konsepsiyadagi yo‘nalishlar ochiqlangani yo‘q, chunki bu maxfiy hujjat, deb xabar qilgan RIA Novosti.
"NATOning yangi strategiyasi Rossiyani ham harbiy, ham iqtisodiy raqib sifatida yo‘q qilishga qaratilgan", - deydi Rossiya Federatsiya kengashi xalqaro qo‘mita a’zosi Oleg Morozov.
"Ushbu doktrinaning qabul qilinishi Rossiyani uloqtirish bilan teng. Uni endi hatto jilovlashmayapti. Uni harbiy va iqtisodiy raqib sifatida yo‘q qilishmoqda", - dedi Morozov RIA Novostiga shanba kuni bergan intervyusida.
Alyans fikriga ko‘ra, Rossiya yadroviy poygani yutqazishi va iqtisodiy jihatdan tanazzulga uchrashi lozim. Bundan tashqari, NATO, RF hukumati o‘zgarishiga umid qilmoqda, deya fikrlaydi senator.
Sal oldin RF Mudofaa vaziri Sergey Shoygu NATO Rossiyani G‘arb dunyosiga asosiy tahdid sifatida ko‘rsatishga urinayotgani, shu bilan birga bunday "taqdimotlar" uydirmadan boshqa narsamasligi haqida aytgan edi. Shoygu so‘zlariga ko‘ra, alyansning Rossiya chegarasidagi harbiy infratuzilmalarni o‘zlashtirishi, Qora va Boltiq dengizida faollikni kuchaytirishga qaratilgan amaliy harakatlari "ziddiyatlar kuchayishiga olib kelmoqda va Rossiya tomonidan shunga mos javob harakatlarni talab etmoqda".