Dunyoda

Tramp oʻz fikridan qaytdi. NATO endi eskirgan tashkilot emas

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka oʻtishDonald Tramp, Amerika prezidenti
Donald Tramp, Amerika prezidenti - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Ekspertning fikricha, AQSH prezidenti Donald Trampning NATOni eskirib qolgan tashkilot, deya atashidan maqsad ittifoqdoshlarni shantaj qilish boʻlgan

TOSHKENT, 13 apr — Sputnik. AQSH prezidenti NATOni eski tashkilot, deb atab — ittifoqdoshlarini moliyaviy shantaj qilgan, ulardan harbiy harajatlarni oshirishni talab qilgan, deb izoh berdi RIA Novostiga M.V Lomonosov nomidagi MDU jahon siyosati fakulteti, xalqaro xavfsizlik kafedrasi dotsenti Aleksey Fenenko.

NATO bayrogʻi - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
NATO AQShni alyansdan voz kechmaslikka chaqirdi
Nashr xabariga koʻra, chorshanba kuni Amerika yetakchisi NATOni qoʻllab-quvvatlashi haqida gapirgan va bu tashkilotni endi eskirgan deb hisoblamasligini maʼlum qilgan. Ilgariroq esa u tamomila boshqacha fikrlarni bildirgan edi, deb yozadi nashr.

"Bu oddiy moliyaviy shantaj edi. U ittifoqdoshlardan harajatlar miqdorini oshirishni talab qildi. Ular harajatlarni oshirishga rozi boʻlishgach, Tramp ham NATOga nisbatan munosabatini oʻzgartirdi. Asosiysi — ittifoqdoshlardan koʻproq pul olish edi, va u bunga erishdi", — dedi Fenenko Tramp nima uchun NATOga nisbatan munosabatini oʻzgartirdi, degan savolga javob berar ekan.

Ilgariroq Tramp NATO boʻyicha ittifoqdoshlarga murojaat qilib ularga harbiy byudjet miqdori oshirilishini kutayotganini maʼlum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0