TOShKENT, 12 noya – Sputnik. Hech qanday AQSh harbiy yordam Ukrainaga Rossiya bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarining o‘rnini bosa olmaydi, deb yozadi RIA Novosti kolumnisti Aleksandr Xrolenko.
Ukraina dengiz kuchlari Dunyo okeaniga yangi qadam qo‘ydi – 9-noyabr kuni AQSh tomonidan yetkazib berilgan patrul katerlarining sinovi bo‘lib o‘tdi. Ikki dona Island turdagi qo‘riqlash katerlari Ocean Freedom nomli yuk tashish kemasida yetkazib berildi. Ukrainada katerlarga — R 190 "Starobelsk" va R 191 "Slavansk" nomlari berildi.
Ushbu katerlar oldin AQSh qirg‘oq qo‘riqlash bo‘linmalariga tegishli bo‘lib, Cutters Drummond va Cushing deb nomlangan. Ukrainaga yuborilishidan oldin ular AQShda 30-yil xizmat qilgan.
Kiyev Island turdagi ushbu katerlar qirg‘og‘ini nazorat qilishi va NATO kemalarini qo‘llab-quvvatlash uchun O‘rta-yer dengiziga ham chiqishi mumkin deb hisoblashadi.
"Starobelska" va "Slavanska" dengizga ilk chiqishi AQSh prezidenti maslahatchisi Robert O'Brayenning “AQSh Ukrainaga doimiy ravishda harbiy yordam ko‘rsatmasligi va Kiyev Moskva bilan kelishib olishiga umid qilayotgani” haqidagi bayonoti bilan bir kunda sodir bo‘ldi.
2014 – 2019-yillar davomida AQSh Ukrainaga 1 milliarddan ortiq mablag‘ga harbiy yordam ko‘rsatdi. 2018-yilda yillik harbiy yordam miqdori 350 000 dollar miqdorida belgilangan bo‘lsa, 2019-yilda ushbu yordam miqdori 250 million dollar miqdorida cheklandi.
O‘tgan yil oxirida Vashington Ukraina uchun ajratilgan 400 million dollar yordamni “muzlatib” qo‘ygani ham AQSh Ukrainaga unchalik istamay yordam berayotganini ko‘rsatadi.
“Jangovar” qayiqlar
AQShning qirg‘oqni qo‘riqlash xizmati Mudofaa vazirligiga qarashli bo‘lmay, u ko‘proq politsiya va bojxona masalalari bilan shug‘ullanadi. Ularning so‘nggi qahramonliklaridan biri bu 7 tonna kontrabanda kokain ortilgan qayiqni qo‘lga olishi bo‘lgan edi.
Qirg‘oq qo‘riqlash xizmatining huquqni saqlash organi ekanligi ularning qayiqlarining texnik va taktik xususiyatlarini cheklab qo‘yadi. Dengizda uzoq suzish va jang qilish – Island qayiqlarining ishi emas. Shuning uchun ham Ukrainaning bo‘lajak “okean floti”ni Odessaga boshqa kemaga ortib olib kelishgan.
Qirg‘oqqa yaqin hududlarda (500 milgacha) jang qilishga moslashgan dengiz qayiqlari mamlakat asosiy dengiz harbiy kuchlarini – raketa tashuvchi va suv osti kemalarini ishga tushirishda qulay sharoitlar yaratish maqsadi uchun xizmat qiladi. Lekin Ukrainaga berilgan ushbu kemalar uchun bunday vazifalarni amalga oshirish amri mahol. Ularing korpusi buning uchun yetarlicha mustahkam emas, sinov vaqtida katta tezlikda yorila boshlagan.
Island katerining suv sig‘imi 169 tonnani, uzunligi 34 metrni, kengligi – 6,4 metrni, eng katta tezligi – 28 uzelni tashkil qiladi. Kema ekipaji 16 kishini avtonom suzish muddati – 5 sutkani tashkil qilishi mumkin. Kater 25-mmli avtomatik pushka (Mk 38 Mod 0 Bushmaster)va ikkita 12,7-mm pulemetlar (M2NV)bilan jihozlangan.
Shuningdek, kater bortida AN/SPS-73 radiostansiyasi va puflama lodka bor. Ushbu aslaha narkotiklar kontrabandasi yoki noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashda yetarli bo‘lishi mumkin, lekin NATO kemalariga yordam berish uchun “O‘rta yer dengiziga chiqish”ga kamlik qiladi.
Katerlarni zamonaviy qurol-aslaha mina joylashtiruvchi yoki raketa modullari hamda zamonaviy radiostansiyalar bilan qayta jihozlash - o‘ta murakkabdir. Rossiyaning Qora dengiz floti oldida bu ma’nosiz mashg‘ulotdir.
Shartli bepul
Ukraina harbiy-dengiz kuchlari o‘z tarkibida zarba beruvchi kemalarga ega emas. Kema qurish borasida jiddiy rejalar ham yo‘q. Ularning yagona "Getman Sagaydachniy" nomli frgeati hech qchon remontdan chiqmaydiganday ko‘rinadi. Qadimiy Island turdagi katerlar Ukrainani “dengiz hukumdoriga” aylantira olmaydi. Amerikaning ushbu sovg‘alari faqat mayda ig‘volarni amalga oshirishga hamda Ukraina budjetidan ulkan mablag‘larni xarajat qilishga yaraydi xolos.
AQSh “sovg‘a qilgan” ushbu ikki kater Ukraina budjeti uchun 10 million dollarga tushdi. Har biri 5 milliondan. Ushbu xarajatlar ichiga – konservatsiyadan chiqarish, qo‘shimcha uskunalar o‘rnatish, ekipajni o‘qitish va boshqa ishlar kiradi.
Qolgan 4ta kater uchun ham Kiyev 20 million dollar to‘lashi kerak bo‘ladi. Shu bilan bir vaqtda ushbu katerlar yangi va ishonchli emas, ular 2017-yilda korpusida nuqson paydo bo‘lganligi tufayli safdan chiqarilgan. So‘nggi bor ta’mirlanish esa 2012-yilda amalga oshirilgan.
Odatda bunday eski katerlar metallomga topshirilishi kerak, lekin tadbirkor amerikaliklar utilizatsiya uchun xarajat qilmay, bunday katerlarni arzon narxlarda o‘z ittifoqdoshlariga sotishni o‘rganib olishgan. 2015-2017 yillarda ana shunday katerlardan 3tasini Pokiston, 2tadan Gruziya va Kosta-Rika xarid qilgan edi.
NATOning har yili Rossiyaga qarshi qaratilgan Sea Breeze o‘quv mashg‘ulotlarida malaylardek ishtirok etish yoki AQSh Qirg‘oq qo‘riqchilarining “eskisini kiyish” bilan dengizda qahramonlik ko‘rsatilmaydi. “Kichik hamkorlar” Vashington hayrixohligidan istalgan vaqtda mahrum bo‘lishlari mumkin. (Suriya qurdlarini esga olamiz). Faqatgina Rossiya bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari ularni har qanday quroldan ko‘ra yaxshiroq himoya qiladi.