AQSh Rossiyani harbiy jihatdan xatarli, deb e’lon qildi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishVoyennaya texnika pered nochnoy repetitsiyey parada Pobedi
Voyennaya texnika pered nochnoy repetitsiyey parada Pobedi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerikalik ekspertlar fikriga ko‘ra, Rossiya "o‘sib borayotgan imkoniyatlari" pozitsiyasidan kelib, chiqib o‘zini agressiv va xatarli tutmoqda

TOShKENT, 4 noya — Sputnik. Rossiya Qo‘shma Shtatlar uchun "haqiqiy harbiy xatar" bo‘lib qolmoqda, deb yozadi The Heritage Foundation amerika strategik tadqiqot institutining Index of U.S. Military Strength dokladi mualliflari.

Sovmestnaya trenirovka peshix i mexanizirovannix kolonn pered Paradom Pobedi - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Rossiyaga hamla qilishdan nega qo‘rqishini xitoy OAVlari tushuntirdi

Hujjat mualliflari, Moskva Vashingtonga Yevropada o‘z manfaatlarini ilgari surishga halal bermoqda, deb hisoblaydilar.

"Rossiya AQSh va amerikaning Yevropadagi manfaatlari uchun real va xaarli harbiy xatar bo‘lib qolmoqda", - deb ko‘rsatilgan matnda.

Ta’kidlanishicha, Rossiyaning hatti-harakatlari agressiv bo‘lib, mamlakat "o‘sib borayotgan imkoniyatlari" pozitsiyasidan o‘zini "tahdid solayotgandek" tutmoqda.

Ekspertlar shuningdek, Rossiya boshqa derjavalarga qaraganda "AQSh va ittifoqdosh-mamlakatlar hududida ko‘plab nishonlarni yo‘q qilishga qodir yirik miqdordagi yadro quroli arsenaliga ega"ligini eslatib o‘tishgan.

Dokladda asosiy e’tibor Rossiya armiyasining modernizatsiya qilinganiga qaratilgan. Xususan, tadqiqotchilar, Rossiyada S-500 "Prometey" zenit-raketa majmualar tizimi, sputniklarga qarshi kuchli majmualar tizimi va radioelektron kurash vositalari, shuningdek, T-72, T-80 va T-90 tanklari borligini qayd etishgan.

Doklad mualliflari, shuningdek, Xitoyni ham AQSh uchun "eng keng ko‘lamli xatar", deb atashgan.

Yangiliklar lentasi
0