Dariga Nazarboyeva: O‘zbekiston Markaziy Osiyoda Qozog‘istonning muhim strategik hamkori

© Press-slujba Senata Oliy Majlisa RUzTanzila Narbayeva vstretilas s predsedatelem Senata Parlamenta Respubliki Kazaxstan Darigoy Nazarbayevoy.
Tanzila Narbayeva vstretilas s predsedatelem Senata Parlamenta Respubliki Kazaxstan Darigoy Nazarbayevoy. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tanzila Norboyeva Qozog‘iston Parlamenti Senati raisi Dariga Nazarbayeva bilan uchrashdi. Uchrashuvda keng ko‘lamli masalalar muhokama etildi.

TOShKENT, 5 noya — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva Qozog‘iston Parlamenti Senati raisi Dariga Nazarboyeva bilan uchrashdi. Uchrashuvda keng ko‘lamli masalalar muhokama etildi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar qildi.

Tanzila Narbayeva - Sputnik O‘zbekiston
Tanzila Narbayeva Qozog‘iston Senati raisi Dariga Nazarbayeva bilan uchrashadi

O‘zaro samarali hamkorlik va ishonch prinsiplari asosida Qozog‘iston hamda O‘zbekiston o‘rtasida rivojlanayotgan do‘stona munosabatlarni tilga olib, Tanzila Norboyeva O‘zbekiston rahbariyati barcha sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor berayotganligini ta’kidladi.

“2017-2019 yillarda O‘zbekiston va Qozog‘iston iqtisodiy hamkorligi strategiyasining izchil bajarilishi ikki mamlakat strategik manfaatlarining umumiyligiga asoslangan o‘zaro foydali va samarali hamkorlikni boyitishga xizmat qildi. O‘zbekistonda Qozog‘iston kapitali ishtirokida 733 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. 2019-yil yanvar-sentabr oylari davomida o‘zaro savdo hajmi 2,6 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi va 23,2 foizga oshdi, shuningdek transport va tranzit tashish sohasi sezilarli rivojlanmoqda”, - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Tanzila Norboyeva ikki tomonlama hamkorlikni qonunchilik nuqtayi nazaridan ta’minlash bo‘yicha birgalikda olib boriladigan bo‘lajak ishlar muhimligiga urg‘u bergan. Bunda qonun ijodkorligi yuzasidan tajriba almashish uchun hamkorlik bo‘yicha parlament guruhlarining va parlamentlar tegishli qo‘mitalarining salohiyatidan amaliy foydalanish taklif etildi.

Prezident RF V. Putin na sammite ShOS v Kitae - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev ShHTning 4 davlati bosh vazirlarini qabul qildi

Qozog‘iston parlamenti Senati raisi Dariga Nazarboyeva o‘z nutqida O‘zbekiston Markaziy Osiyoda Qozog‘istonning muhim strategik hamkori ekanligini ta’kidladi.

“Bugun Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar barcha sohalarda ildam rivojlanmoqda. Bunda Qozog‘istonning birinchi prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev xizmati asosiy o‘rin tutadi”, – dedi Qozog‘iston Senati raisi.

Uchrashuv doirasida “2019-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senati o‘rtasida parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tadbirlar rejasi (“Yo‘l xaritasi”) imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tanzila Norboyeva 4—5 noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘lishi haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0