Shavkat Mirziyoyev ShHTning 4 davlati bosh vazirlarini qabul qildi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin na sammite ShOS v Kitae
Prezident RF V. Putin na sammite ShOS v Kitae - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev kun davomida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belarus va Tojikiston bosh vazirlarini qabul qildi.

TOShKENT, 1 noya – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev kun davomida ShHT sammitida ishtirok etish maqsadida Toshkentga yetib kelgan 4 mamlakati bosh vazirlarini qabul qildi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

O‘zbekiston prezidenti Qozog‘iston bosh vaziri Asqar Mamin bilan uchrashuv chog‘ida o‘zaro savdo hajmi ortib, investitsiya, bank-moliya, transport-kommunikatsiya va boshqa sohalardagi hamkorlik kengayib borayotgani hamda O‘zbekistonda o‘tayotgan Qozog‘iston yili doirasida hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvlar faollashganini qayd etdi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i premyer-ministr Kazaxstana Askar Mamin
Shavkat Mirziyoyev ShHTning 4 davlati bosh vazirlarini qabul qildi - Sputnik O‘zbekiston
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i premyer-ministr Kazaxstana Askar Mamin

Qirg‘iz Respublikasi bosh vaziri Muhammadqaliy Abilg‘aziyev bilan bo‘lgan suhbatda O‘zbekiston prezidenti respublikalar o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy, sanoat, transport, agrosanoat, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi sheriklikni, shuningdek, chegaraoldi hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligi qayd etildi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i premyer-ministr Kirgizstana Muxammedkaliy Abilgaziyev
Shavkat Mirziyoyev ShHTning 4 davlati bosh vazirlarini qabul qildi - Sputnik O‘zbekiston
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i premyer-ministr Kirgizstana Muxammedkaliy Abilgaziyev

Undan so‘ng Shavkat Mirziyoyev Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda bilan uchrashib, O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari izchil rivojlanib borayotgani, ikki davlat rahbarlarining birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, energetika, transport, madaniy-gumanitar sohalar va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda erishilgan oliy darajadagi kelishuvlarni o‘z vaqtida va to‘liq hajmda amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i premyer-ministr Tadjikistana Koxir Rasulzoda
Shavkat Mirziyoyev ShHTning 4 davlati bosh vazirlarini qabul qildi - Sputnik O‘zbekiston
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i premyer-ministr Tadjikistana Koxir Rasulzoda

Belarus Respublikasi Bosh vaziri Sergey Rumas bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston prezidenti o‘zaro hamkorlikni kengaytirish va iqtisodiyotning turli tarmoqlarida istiqbolli kooperatsiya loyihalarini ilgari surishdan, shuningdek, hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni mustahkamlashdan ikki tomon ham manfaatdor ekani qayd etildi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal Sergeya Rumasa
Shavkat Mirziyoyev ShHTning 4 davlati bosh vazirlarini qabul qildi - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev prinyal Sergeya Rumasa

Joriy yil avgust oyiga Belarusga amalga oshirilgan oliy darajadagi rasmiy tashrif yakunida erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlarni keng ko‘lamda amalga oshirish muhim ekani ta’kidlandi.

Yangiliklar lentasi
0