TOShKENT, 4 noya - Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva Qozog‘iston parlamenti Senati raisining taklifiga binoan joriy yil 4—5 noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi, deb xabar qilgan Senat matbuot xizmati.
Tashrif doirasida Qozog‘iston parlamenti Senati raisi Dariga Nazarbayeva va boshqa rasmiy shaxslar bilan muzokaralar o‘tkazilishi nazarda tutilgan.
Uchrashuvlarda parlamentlararo aloqalarning amaliy jihatlari, shu jumladan, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida va to‘liq tatbiq etish ustidan parlament nazoratini amalga oshirish, qonun ijodkorligi faoliyatining axborot-tahliliy ta’minoti, shuningdek, mintaqalararo aloqalarni rivojlantirish masalalarini muhokama etish rejalashtirilgan.