TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar hukumat rahbarlarining uchrashuvi yakuniga ko‘ra qator xalqaro hujjatlar imzolandi.
Yig‘ilish yakuni bo‘yicha bosh vazirlar quyidagi hujjatlarni imzolashdi:
- ShHT Kotibiyatining ShHTning ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturini amalga oshirish to‘g‘risidagi hisoboti to‘g‘risida;
- ShHTning 2018-yilgi budjeti ijrosi to‘g‘risidagi moliyaviy hisoboti to‘g‘risida;
- ShHTning 2020-yil uchun budjeti to‘g‘risida;
-ShHTga a’zo davlatlar tashqi auditorlari komissiyasining ShHTning doimiy faoliyat yurituvchi organlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyati tashqi auditini o‘tkazish to‘g‘risidagi hisoboti to‘g‘risida;
- ShHTning doimiy tuzilmalari faoliyatini tarjimonlik bilan ta’minlash to‘g‘risida;
- A’zo davlatlarning ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorligi dasturining yangi tahririni tasdiqlash to‘g‘risida;
- ShHTning oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha hamkorlik dasturini amalga oshirish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida;
- ShHT davlatlari temir yo‘l ma’muriyatlari o‘rtasida temir yo‘l transporti sohasida o‘zaro hamkorlik qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida;
- ShHTga a’zo davlatlar o‘rtasida uzoq va qishloqlarni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik konsepsiyasini va uni amalga oshirish bo‘yicha harakatlar rejasini tayyorlash to‘g‘risida;
- ShHTning iqtisodiy tahlil markazlari konsorsiumi reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida;
- ShHTga a’zo davlatlar hukumat rahbarlari kengashining 18-chi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha qo‘shma kommunike;
- ShHT davlatlari hukumatlari o‘rtasida transport tashuvlarini boshqarishning integratsion tizimini shakllantirish bo‘yicha bitim;
- ShHT davlatlari bojxona xizmatlari o‘rtasida milliy tranzit tizimlarining o‘zaro integratsiyasi to‘g‘risida memorandum;
- ShHT va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti o‘rtasida anglashuv memorandumi;
- ShHT Kotibiyati va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi o‘rtasida anglashuv memorandumi.
ShHT - Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston yetakchilari tomonidan 2001-yilda tashkil etilgan.
2017 yilda ShHTga Hindiston va Pokiston a’zo bo‘ldi. Hozirgi vaqtda ShHTda kuzatuvchi davlatlar: Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston, hamkor davlatlar - Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka.
Tashkilotning kotibiyati Pekinda, mintaqaviy aksilterrorchilik tuzilma Toshkentda tashkil etilgan.