TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar hukumat rahbarlari Rossiyaning tashabbusi bilan ishlab chiqilgan shaharlarning ekologik farovonligini oshirish dasturini imzolashdi, deb xabar qildi RIA Novosti.
Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar hukumat rahbarlari kengashining majlisi yakunlari bo‘yicha "ShHT shaharlarining ekologik farovonligini rivojlantirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida" qaror qabul qilindi, unda hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari, shuningdek, ushbu sohadagi ish tamoyillari belgilandi.
Bundan tashqari, hukumat rahbarlari ushbu sohadagi ishlarning asosiy yo‘nalishlari va tamoyillarini belgilab beruvchi "Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasidagi savdo-sotiq sohasida hamkorlik to‘g‘risida" qarorni imzoladilar.
Shuningdek, ShHT iqtisodiy tahlil markazlari konsorsium reglamenti tasdiqlandi. Ushbu hujjat bunday markazlarning o‘zaro hamkorligini ta’minlaydi. Ta’kidlanishicha, tashkilotning har bir mamlakatida bunday hamkorlik uchun bitta markaz belgilanadi.